Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: Abdulla Oripov, Ali-Shir Nava’i, poetry, language, stylistic. 
 
She’riyat “tovush tili” davrida ibtidoiy odamlarning tabiat bilan kurashi chog‘ida yasagan 
tovushlardan paydo bo‘lgan birinchi so‘z mahsuli hisoblanadi [Yüce, 1997: 61]. Koʻpgina 
tadqiqotchilar va shoirlar tomonidan turli taʼriflar berilgan boʻlsa-da, uning asosiy 
yoʻnalishlarida sheʼriyat; tovushlarning va ritmlarning uygʻunlashuvi orqali eng kuchli his-
tuygʻularni, taassurotlarni ragʻbatlantirish va ta’sir qilish san’atidir [Çetişli, 2010: 17]. Til 
she’riyatning xom materiali, lekin she’riyat tilning ikkinchi ongidir. She’r tilni o‘zgartiradi, uni 
jonlantiradi, uning barcha imkoniyatlarini ochadi. [İnce. 2001: 113-114].
She’r tilining ikkita vazifasi bor: ma’no o‘rnatish va ma’no bilan raqobatlashish. Ma’no 
o‘rnatishdan maqsad she’rning tuzilishi, uyg‘unligi va yaxlitligini yaratishdir. Ma’no bilan 
raqobatlash – tildagi tushunchalarga lug‘atda mavjud bo‘lmagan yangi ma’no berishdir [İnce. 
2001: 113-114].
Etimologik jihatdan lotincha “stilus”dan olingan “stil” soʻzi lingvistik ifodani anglatadi. 
Biroq, kontseptsiyaning ma’nosi muhim darajada kengaydi. Huemerning soʻzlariga koʻra, 
stilistika oldindan mavjud boʻlgan tarkibni bezab turgan “fikr libosi” sifatida tavsiflangan. 
[Huemer, 2016: 195]. 
Mavzu, adabiy stilistika nuqtayi nazaridan qaralganda, matn ifodasining asosiy belgilovchi 
unsurlari shakl va ma’no ekanligi tushuniladi. Bundan tashqari, matnning tafsilotlari, 
takrorlanishi, bilvosita uyg‘otadigan ma’nolari va ritmi ifoda stilistikasini belgilaydi [Polak, 
2002: 2]. Adabiy stilistika foydalanuvchi tomonidan oʻrtacha tildan koʻra koʻproq ehtiyotkorlik 
bilan tanlangan tushunchani anglatadi. Shu nuqtayi nazardan, adabiy stilistika muallifning 
diktanti va uning shaxsiyatining ifodasidir. Shunday qilib, stilistika gapning har bir nuqtasida 
tilning alohida soʻzlovchiga taqdim etadigan variantlarining yigʻindisini anglatadi [Dick, 2016: 
36-37].
O‘zbek adabiyotida she’r, doston, maqola, suhbat, qayd va tarjima asarlari bilan tanilgan 
ustoz shoir Abdulla Oripovning she’rlari sodda tilda yozilgan. Ijodkorning o‘zbeklar haqidagi 
asarlarida millatparvarlik, Vatan, istiqlol, til va madaniyat mavzulari qamrab olingan. Abu 
Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad 

Doktorant, Ilmiy yordamchi, Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti, Adabiyot fakulteti, Zamonaviy turk tillari va 
adabiyotlari kafedrasi, tugbakaratugyilmaz@gmail.com


88 
Bobur, Moʻmin Mirzo, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon, Abdulla 
Qodiriy, Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, 
Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi koʻplab muhim tarixiy shaxslar sheʼrlarida koʻp tilga olingan. 
Uning asarlarida Oʻzbekistonning madaniy merosi, milliy tuygʻusi keng yoritilgan.
Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqida ham ko‘plab asarlari yozgan. Abdulla 
Oripovning “Tanlangan asarlar IV” nomli kitobining birinchi bobida “Barhayot obida” nomli 
kinofilmning tarixiy asarlar kategoriyasidagi Alisher Navoiyning ijodini tasvirlagan 
kinossenariysi bor.
Abdulla Oripovning ijodida Alisher Navoiyning izlarini quyidagi she’rlarida koʻrish 
mumkindir: 
“Temurbek naslidan chiqqan 
Ajib siymodir, Boburshoh. 
Navoiydek she’riyatda 
Oʻzi dunyodir, Boburshoh. 
Gʻalat holkim, qalam birla 
Tanildi sohibi shamshir, 
Buningdek zoʻr saodatda 
Hanuz tanhodir, Boburshoh” [Oripov, 2013: 123]. 
“Boburshoh” nomli she’rida Abdulla Oripov Boburshohning Amir Temurning avlodi 
ekanligini ta’kidlab, Alisher Navoiydek she’riyat sohasida buyuk shoir ekanligiga e’tibor 
qaratadi. Oripov bu she’rida Boburshohni tasvirlar ekan, O‘zbeklarning boy qadimiy tarixga ega 
ekanligini ham aytadi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling