Hamkorlik shartnomasi №


III. URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 47.34 Kb.
bet3/5
Sana13.11.2023
Hajmi47.34 Kb.
#1770194
1   2   3   4   5
Bog'liq
шартнома уч томонлама 2023 алохида

III. URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish bo‘yicha Davlat ko‘mitasi, uning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bankini shakllantirish bo‘yicha har yili sentyabr oyida har bir talabaga BMI mavzusini berish va kurs loyiha ishlarini ushbu mavzu bilan bajarishini ta’minlash. Soatbay maosh to‘lash bo‘yicha korxona ishchi xodimlarining xujjatlarini olish va diplom rahbarlar va maslahatchilari qilib tayinlangan buyruq ilovasini tegishli korxonaga taqdim qilish.
3.2. Bitiruv malakaviy ishi himoyasida korxonadan yo‘nalishlar bo‘yicha DAK raisi va 2 ta a’zo hamda qolgan a’zolarni UrDU ga tegishli mutaxassislardan tuzilgan komissiya buyrug‘idan ko‘chirmasini korxonaga etkazish.
3.3. Universitet talabalarining amaliyot o‘tkazish bo‘yicha taqvim grafigini va talabalar ro‘yxatini professor o‘qituvchilarni rahbar qilib boshlanishidan 1 oy oldin o‘tkaziladigan korxonaga berish.
3.4. Korxona, muassasa va tashkilot mutaxassislarini talabalar bilan ishlashni tashkil qilish hamda amaliyot paytida nazorat komissiyasi nazoratini yo‘lga qo‘yish.
3.5. Har bir ish joyida talabalarga mehnat muhofazasi bo‘yicha instruktaj o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
3.6. Amaliyot dasturining talabalar tomonidan bajarilishi uchun kerakli sharoitlar yaratib talabalarning ta’lim yo‘nalishiga hech qanday aloqasi yo‘q va amaliyot dasturida ko‘rsatilmagan o‘rinlarda talabalarni jalb qilmaslik.
3.7. Shu korxona ishchilari uchun majburiy bo‘lgan mehnat intizomini va ichki tartib qoidalariga talabalar tomonidan amal qilishni ta’minlash.


IV. SHARTNOMANI BEKOR QILISH:
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
- tomonlarning roziligi bilan;
- tomonlarning biri tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda;
- amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
4.2. Shartnoma o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra kiritiladi.

Download 47.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling