- HAMROQULOV DALER ABDULATIF O’G’LI
- O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TOSHKENT XALQARO MOLIYA UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI YETAKCHILIGIGA NOMZOD
- HAMROQULOV DALER ABDULATIF O’G’LI
- SAYLOVOLDI DASTURINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
- Hamroqulov Daler Abdulatif o’g’li.
- 2005-Yil 14-Mayda Surxondaryo viloyati, Angor tumanida Quruvchi oilasida tug’ilgan. Millati Tojik. Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 56-umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan. Mehnat faoliyati: Maktabda Sport yo’nalishi bo’yicha sardor bo’lib ishlagan. 2021-yilda Navro’z bayramida Muzrabot tumani sportning “Kurash” musobaqasida 65-kg vazn toifasida 3 – o’rinni egallagan. Huddi shunday 2019 yil O’zbekiston yoshlar ittifoqida katta festivalda tumanda jamoaviy sardorlar bilan faxrli 1-o’rin va viloyat bosqichida fahrli 4-o’rin olgan. Yoshlar ittifoqi 2017-yil 30- iyunda tashkil topgan bo’lib shundan buyon Surxondaryo viloyati Muzrobot tumanidagi 56- maktabda sardor bo’lib ishlagan;
- - Ish kerak bo‘lgan talaba-yoshlar uchun viloyat va tumanlarda mavjud bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish;
- - Viloyat turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda chegirmalar asosida talabalar turizmini rivojlantirish, ularni yurtimizning ko‘zga ko‘ringan muqaddas qadamjolari bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar tashkil etish;
- - Tadbirkorlikka qiziquvchi hamda bu yo‘nalishda faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar uchun viloyatda mavjud yirik tadbirkorlar o‘rtasida seminarlar tashkil etish hamda ittifoqning viloyat Kengashi ko‘magida o‘quv kurslarini ham shakllantirish;
- - Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan uzluksiz tanishib borish, jarayonlarni u yerda yashayotgan talabalarning ahvolidan ota-onalarining ham xabarlari bo‘lib turishi uchun “TTJ da bir talaba hayoti” nomli ijtimoiy loyiha tayyorlash;
- - Universitetdagi yosh talabalar uchun “Zakovat” intelluktial o’yinini tshkil etish;
- - Universitetda "Kitob - O'qish" tadbirlarini amalga oshirish. Va Talabalar o’zlariga yoqqan kitoblarni mutolaa qilishlari uchun “Kitob yarmarka” larini ham tashkil etish;
- - Dars jarayonida darsni yaxshi o'zlashtira olmayotgan abuturientlar uchun "Ustozlar" bilan birgalikda darsdan keyin qo'shimcha dars o'tish va o'quvchiga tushunmagan darslarini tushuntirish borasida mashg'ulotlarni tashkillashtirish;
- - Sport musobaqalarini ham yo’lga qo’yish. Jumladan: shashka,shaxmat,futbol va boshqalar.
- - Universitetdagi abiturientlarimizning darslarni qay darajada o’zlashtirayotganlarini bilish maqsadida har hafta o’tilgan darsliklar yuzasidan test sinovlarini tashkillashtirish;
- -
- - Universitet rahbariyati ko‘magida talabalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’dod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirib borish;
- - Talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligi, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini shakllantirish va oshirishga ko‘maklashish. Bu borada fakultetlar doirasida yangi dars usullarini tizimda joriy etishga innovatsion takliflar berishda ko‘maklashish;
- - Universitet va unda mavjud fakultetlardagi ta’lim yo‘nalishlari bilan uzluksiz tanlov va musobaqalar tashkil etib borish;
- - Professor-O’qituvchilar bilan uchrashuvlar rejasini ishlab chiqish hamda ushbu rejaga asosan turli so‘rovnomalar, davra suhbatlarini tashkil etish;
- - Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun (yo‘nalishlar turiga qarab) turli fan to‘garaklari va intellektual klublarni tashkil etish;
- https://t.me/Dalerjan_01_75
- https://Instagram.com/Dalerjan571
- hamroqulovdaler55@gmail.com
- O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI RASMIY TELEGRAM SAHIFASI
Do'stlaringiz bilan baham: |