Hamshiralik ishi
Download 221 Kb.
|
1 2
Bog'liqPOTOLOGOK HOMILADORLIKDA HAMSHIRALIK PARVARISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRDI: ________________________
YANGIYO`L TIBBIYOT KOLLEJI “HAMSHIRALIK ISHI” BO`LIMI 204-GURUHI MUSTAQIL ISH MAVZU: POTOLOGOK HOMILADORLIKDA HAMSHIRALIK PARVARISHI BAJARDI: __________________________ TEKSHIRDI: ________________________ MAVZU: POTOLOGOK HOMILADORLIKDA HAMSHIRALIK PARVARISHI REJA: AYOL ORGANIZMIDA HOMILA TUXUMINING RIVOJLANISHI «QO‘SHILGAN» GESTOZLA HOMILADORLIK QUSISH DARAJALARI A yol organizmida homila tuxumining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, homiladorlik tugashi bilan o‘tib ketadigan patologik jarayonlar homiladorlik gestozlari deyiladi. Gestozlar homiladorlik vaqtida ro‘y beradi va odatda homiladorlik tamom bo‘lishi bilan o‘tib ketadi. Tug‘ruq (yoki abort) dan keyin gestozlarning barcha belgilari odatda butunlay yo‘qoladi; shu kasalliklarning uzoq davom etuvchi og‘ir shakllaridan keyin ayrim asoratlari kuzatiladi. Homiladorlik gestozlarini homila tuxumidan (homila va platsentadan) ayol organizmiga o‘tadigan yot oqsillarga sezgirlik ortishi bilan tushuntiradigan nazariya diqqatga sazovordir. Homiladorlik gestozlarining kelib chiqishi ayol asab tizimining funksional xususiyatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Homiladorlik ayol organizmiga yangi, ortiqroq talablar qo‘yadi. Shu munosabat bilan homiladorlikda deyarli barcha organ va tizimlar funktsiyasi o‘zgaradi, modda almashinuvida kattagina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar moslanish tariqasidagi fiziologik o‘zgarishlar bo‘lib, homiladorlikning eson-omon o‘tishiga va homilaning rivojlanishiga yordam beradi. Hozirgina ko‘rsatilgan o‘zgarishlarning hammasi asab tizimining nazorati ostida kelib chiqadi va avj oladi. Ayolning asab tizimida o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa, moslanish tarzidagi fiziologik reaksiyalar to‘g‘ri rivojlanmaydi. Bir qancha organ va tizimlar faoliyatidagi o‘zgarishlar patologik tus oladi; moddalar almashinuvi buziladi, homilador ayol organizmining tashqi va ichki muhitdan keluvchi ta’sirotlarga javob reaksiyasi o‘zgaradi. Mana shu o‘zgarishlarning hammasi gestozlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ilgari boshdan kechirilgan og‘ir kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish, gigiyenik rejimning buzilishi, haddan tashqari charchash va ayol organizmining chidamini kamaytirib qo‘yadigan boshqa omillar asab tizimi funktsiyalarning o‘zgarib ketishiga, demak gestozlar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Gipertoniya kasalligi, yurak poroklari, buyrak, jigar, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari (diabet, tireotoksikoz va boshqalar) va boshqa organ hamda tizimlarning kasalliklari bilan og‘rib yurgan ayollarda kechki gestozlar ko‘proq paydo bo‘ladi va og‘irroq o‘tadi. Boshqa kasalliklar ustiga paydo bo‘lgan gestozlar «qo‘shilgan» gestozlar deb ataladi. Homiladorlik gestozlarining tasnifi. Homiladorlik gestozlarining quyidagi turlari tafovut qilinadi. 1. Homiladorlikning ilk gestozlari: homiladorlarning qusishi, so‘lak oqishi. Ilk gestozlarda asosan ovqat hazm qilish tizimida o‘zgarishlar kuzatiladi. 2. Homiladorlikning kechki gestozlari: homiladorlar istisqosi, nefropatiya, preeklampsiya, eklampsiya. Kechki gestozlarda qon tomirlarda degenerativ o‘zgarishlar bo‘ladi. 3. Homiladorlik gestozlarining kam uchraydigan turlari: homiladorlarning sariq kasalligi, dermatozlar, tetaniya, bronxial astma, osteomalyatsiya, xoreya kabilar. H omiladorlarning qusishi (emesis gravidarum). Ko‘p ayollar, ayniqsa birinchi marta bo‘yida bo‘lgan ayollar homiladorlikning dastlabki oylarida ertalab ko‘ngli aynib, qusadi. Ular har kuni qusmaydi; qusish ayolning sog‘lig‘iga ta’sir etmaydi. Bunday qusish gestoz emas. Homiladorlarning faqat ertalab emas, balki kuniga bir necha marta, hatto ovqat yemasdan ham qusishi gestozga aloqador. Ayol qusgan vaqtda ko‘ngli ayniydi, aksari ishtahasi pasayadi, o‘tkir va sho‘r ovqatlarni ko‘ngli tusaydi. Ayol qusishiga qaramay ovqatning bir qismi organizmda qoladi va homilador ayol vazni aytarli kamaymaydi. Homilador ayol darmoni quriyotganini, jirtaki, uyquchan, ba’zan esa uyqusiz bo‘lib qolganini aytadi. Homilador ayolning umumiy ahvoli qoniqarli, temperaturasi normal bo‘lib; pulsi bir qadar tezlashuvi (tomiri bir daqiqada 90 martaga qadar urishi) mumkin. Homiladorlarning qusishi dastlabki 2–3 oyda kuzatiladi, dori-darmon qilish natijasida yoki o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Homiladorlik qusishlarining uch darajasi tafovut qilinadi: 1 – yengil shakli; 2 – o‘rta og‘irlikdagi qusish; 3 – tiyilmaydigan qusish – og‘ir shakli. Bularning barchasi yagona rivojlanuvchi patologik jarayonning turli darajalari hisoblanadi va ular birinchi darajada tugallanishi yoki og‘irlashuvi mumkin. Qusishning yengil shakli asab tizimida funksional o‘zgarishlar (nevroz fazasi) bilan, o‘rtacha og‘irlikdagi shakli – intoksikasiya (toksikoz fazasi), og‘ir shakli esa – distrofik (distrofiya fazasi) jarayonlar bilan xarakterlanadi. Homiladorlik qusishning yengil shakli. Qusishning bu shaklida asosan asab tizimidagi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikning asosiy simptomi qusish. Qusish ko‘ngil aynish, ishtahaning pasayishi, ba’zan achchiq va sho‘r narsalarga ko‘ngil ketishi kabi holatlar bilan birga kechadi. Bir kunda 2–4 martagacha qusish t akrorlanadi, ko‘pincha ovqat yegandan keyin. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashmaydi, tana harorati ko‘tarilmaydi, pulsi 1 daqiqada 90 marta, arterial qon bosimi normal holatda bo‘ladi. Qonda va siydikda o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Ba’zan darmonsizlik, uyquchanlik, kayfiyatning pastligi kuzatiladi. Qusish davolanganda engil o‘tib ketadi, ba’zan o‘z-o‘zidan yaxshi bo‘lib ketadi. 10–15% homilador ayollarda qusish kuchayib, keyingi bosqichga o‘tishi mumkin. Qusishning o‘rta og‘irlikdagi shakli. Gestozning bu fazasida asab tizimidagi o‘zgarishlar kuchayadi. Gestozning bu fazasida ichki sekretsiya bezlari faoliyatida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Klinik manzarasi qusishning tezlashuvi (bir sutkada 10 marotaba va undan ham ko‘proq) bilan xarakterlanadi va ovqat yeyish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Homilador ayolning vazni kamayadi, oriqlab ketadi. Tana harorati subfibril (37,5ºC gacha), puls o‘zgaruvchan, taxikardiya 95–100 martaba 1 daqiqada, terisi quruq, darmonsizlik va befarqlik bo‘lishi mumkin. Siydik ajralishi kamaygan, ko‘pincha siydikda aseton topiladi. Tili karashlangan, quruq, ichi qotadi. Qonda unchalik o‘zgarishlar bo‘lmasada, eritrositlar va gemoglobin pasayishi mumkin. Bemorni shifoxona (tug‘ruq kompleksi) sharoitida o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa tezda sog‘ayib ketadi. Ba’zan qaytalanishi va qaytadan davolash kursini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Kam hollarda o‘rtacha og‘irlikdagi qusish tiyilmaydigan qusishga o‘tishi mumkin. Homiladorlikning tiyilmaydigan (haddan tashqari) qusishi (hyperemesis gravidarum) og‘ir kasallik hisoblanadi. Tez-tez qusishga organizmdagi eng muhim funktsiyalarning buzilganidan darak beruvchi boshqa simptomlar ham qo‘shiladi. Ayol bir sutkada 20 marta va undan ortiq qusadi; kunduzi ham, kechasi ham qusaveradi. Yegan ovqati emas, organizmdagi suv ham chiqib ketadi. Ayolning ovqatdan ko‘ngli qoladi. Qusish ustiga ko‘pincha so‘lagi ham oqadi. Ayolning tana vazni kamayadi. Kasallik uzoq davom etganda ayol juda ozib ketadi, teri ostidagi yog‘ qatlami yo‘qoladi. Terisi quruq va ilvillagan, tilini karash bosgan bo‘lib, og‘zidan qo‘lansa hid keladi. Tana temperaturasi subfebril bo‘ladi, pulsi tezlashadi (tomiri bir daqiqada 100–120 martacha uradi), arterial bosim pasayadi, siydikda aseton va oqsil paydo bo‘ladi. Bemor quvvatdan ketadi, miriqib uxlamaydi, qo‘zg‘algan yoki beparvo (apatiya) bo‘ladi. Kasallik ayniqsa og‘ir o‘tganda temperatura ko‘tarilib, badan sarg‘ayadi, puls juda ham tezlashib, aritmiya qayd qilinadi, bemor alahlashi mumkin Qusishi tiyilmayotgan bemorni o‘z vaqtida davolash zarur. Bemor davolanmasa, organizmda og‘ir distrofik o‘zgarishlar ro‘y berib, ayol o‘lib qolishi mumkin. Download 221 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling