Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodiy faoliyati. Hamza Hakimzoda Niyoziyning sheriyati Hamza safarlari va sheriyati


Download 53.79 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1724102
1   2   3
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy faoliyati.

Hamzaning Maktab she’ri
Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „Haqiqat kimda?“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning „Gul“ (1913–1916), „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ (1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „Yigʻla, Turkiston“, „Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston“, „Koʻzni oching, qardoshlar“, „Darmon istamas“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.
Hamzaning Navro‘z she’ri
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Hamzaning she’ri
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan, lekin bu asar aslida maʼrifatchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
Hamza 1914-1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.

Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling