Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodiy faoliyati. Hamza Hakimzoda Niyoziyning sheriyati Hamza safarlari va sheriyati


Download 53.79 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1724102
  1   2   3
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy faoliyati.


Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy faoliyati.
Reja:

  1. Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodiy faoliyati.

  2. Hamza Hakimzoda Niyoziyning sheriyati

  3. Hamza safarlari va sheriyati

O`zbek ma`rifatparvarlik adabiyotining taniqli namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) o`zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishiga katta hissa qo`shgan. Uning o`zi tashkil qilgan yangi usul maktablari talabalari uchun yaratgan “Yengil adabiyot”, “O`qish kitobi”, “Qiroat kitobi” nomli o`qish kitoblariga kiritgan ko`plab she`r, hikoya va masallari, ilm-ma`rifatga chorlovchi, ta`limiy-ma`rifiy ahamiyatga ega asarlari hali-hanuz o`z qimmatini yo`qotgan emas. Ayniqsa, shoirning o`quv qurollari madhiga bag`ishlangan she`rlari, “Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi” hikoyasi, “Toshbaqa bilan chayon” masali bolalar yosh xususiyatlariga muvofiqligi bilan diqqatga sazavor. Niyoziyning “Yengil adabiyot”ida ilm va joholat muqoyasasiga oid talaygina she`rlar o`z ifodasini topgan.


Ilm-jannat eshigi,
Xazinaning teshigi,
Insonni olim qilan,
Maktab erur beshigi.
Jahl–do`zax eshigi,
Jahannamning teshigi,
Bog`lab solan ko`zingni,
G`aflat erur beshigi .
Angshiladiki, shoir dastlab ilmni jannatning eshigini ochuvchi, xazinaning yo`lini ko`rsatuvchi porloq nur sifatida, maktabni esa insonning ilm-ma`rifat nuridan bahramand bo`lib, olim bo`lishidagi dastlabki bosqich-beshik sifatida tasvirlaydi. Keyingi satrlarda esa bu ifoda jaholat bilan muvoziy qo`llanilib, jannat va do`zax, xazina va jahannam, olimlik va so`qirlik, maktab va g`aflat singari zid ma`noli tushunchalar orqali realistik mohiyat kasb etadi. So`ngra, olimlik xosiyati va johillik kasofati aniqroq ko`rsatib beriladi:
Olim bo`lsak dunyoda,
Kelur har ish bunyoda,
Biz ham suv ostin kezub,
Ham ucharmiz havoda.
Johil qolsak dunyoda,
Xo`rlik kelur ziyoda,
Hayvon kibi yuk tashub,
Cho`l kezarmiz piyoda.
Demak, shoir yosh avlodlarining bir kuni olimlar qatoridan o`rin olishiga, hatto suv osti va osmonda kezadigan bilimdon bo`lishiga da`vat etadi va bunga qat`iy umid bog`laydi.
Kelajakka ishonch ruhi adibni bolalar uchun ko`plab darsliklar, ijtimoiy-siyosiy mavzuda, dunyoviy ilm, kasb-hunarni o`rganishga undovchi she`rlar bitishiga turtki bo`ladi.
Shoirning “Qalam” g`azali yengil vazn, o`ynoqi satrdan iborat bo`lmasa-da, mazmunan dolzarb. She`r qalam haqidagi qasida tarzida yozilgan. Lirik qahramon maktabga kelib, qalamga oshno bo`lgani va shu tufayli aqli raso, ilm-u adab egasi bo`lgani hamda barcha orzu umidlari ro`yobga chiqqanini ta`rif-tavsif etadi:
O`qudim, chiqdi savodim ham xatim yaxshi bo`lub,
G`ayratimga yarasha ishlar mango qildi qalam.
Harna kim yozmish qalam so`zidin also chiqmadim,
Ul mani ham aytganim axir bajo qildi, qalam.
Shoir bolalarni maktabga qiziqtirish, o`quv qurollariga havas uyg`otish, qolaversa, ilmning xosiyatini teran idrok etadi. Yosh qahramon tilidan “Bor edi ko`nglumda bo`lmoq podsholik orzu, O`tmadi fursat bu hojatim ravo qildi qalam. Bir gadoni o`g`li erdim podsho qildi qalam”,–deya ma`rifatni ulug`laydi. Natijada, shoir she`ri va talqinidan insonning jamiyatdagi mavqei, qanday inson sifatida bo`y ko`rsatishi ana shu ilm sharofatidan ekanligi anglashiladi.
Hamzaning bolalar uchun yozgan yana bir she`ri “Bir kishining bor edi to`rt bolasi” deb nomlanadi. Aslida bu mavzu o`tgan asr boshlaridagi o`zbek bolalar adabiyotida alohida yo`nalish sifatida ko`zga tashlanadi. O`sha davr o`qish kitoblaridagi axloq-odob mavzusi insoniylikning turli yaxshi va yomon jihatlarini qamrab olgan. Saxiylik va baxillik, to`g`riso`zlik va yolg`onchilik, mehnatsevarlik va dangasalik, sabr va sabrsizlik, qanoat va ta`magirlik, sadoqat va bevafolik, adolat va jabr-zulm singari insoniylikning qarama-qarshi qutblarida turgan o`nlab fazilat va illatlarning yaxshi va yomon jihatlari xususida fikr yuritilib, yaxshisidan o`rnak olishga, yomonidan hazar qilishga undovchi she`r va hikoyalarga keng o`rin ajratilgan. Hamzaning yuqoridagi she`ri shu mazmunni o`zida ifoda eta oladi. Unda hikoya qilinishicha, bir oilaning to`rt farzandi bo`lib, uylariga kelgan mehmonning puli yo`qoladi. U pulni hech biri oldim demaydi, ko`rganim yo`q deydi. Shunda ota bolalarni tergash befoydaligini anglab, hiyla ishlatishga majbur bo`ladi: tort bolasini ham bir uyga qamab, oldiga qora kuya qo`yadi va deydi:
“Kimki rost esa gar so`zi,
Qora bo`lur o`zicha ikki yuzi;
Kimni agar yolg`on erursa so`zi,
Bor-yo`g`i qora bo`lur o`ng yuzi”.
Bolalarning kattasi pulni olganligi uchun bu hiylani tushunmay, o`ng yuzim o`zicha qora bo`lsa, chap yuzimni o`zim qora qilay, deb kuyani surkaydi. Ota bolalarni tashqariga chiqarganida kattasining chap yuzi qoraligini ko`radi, qolganlarining yuzi esa oq bo`ladi. Shunda kimning o`g`ri ekanligi bilinib, xolaning puli qaytib beriladi. Shu tufayli bu fe`lini tashlagan bolani shoir yosh kitobxonlarga ibrat qilib ko`rsatar ekan, qissadan hissa tariqasida:
Kimi bo`yla xiyonat qilur,
Bir kuni o`zini shuyla xijolat qilur,
deb ta`kidlaydi.
H.H.Niyoziyning “Mevalar mojarosi” turkumidagi she`rlari ham bolalarbopligi bilan diqqatni tortadi. Unda bolalarga xos xarakter xususiyatlar, chunonchi,maqtanchoqlik, baxillik, manmanlik, chaqmachaqarlik, mushtumzo`rlik odatlari mevalar mojarosi misolida ko`rsatib berilgan.
Hamza she’riyatining ohangi va shakli xalq qo`shiqlarinikiga juda yaqin. U xalq qo`shiqlari musiqiyligidan foydalanib, o’z davri ijtimoiy-siyosiy voqealarini umumlashtirgan holda zulm va jaholatni qoralovchi, adolat va yuksak insoniy fazilatlarni, insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi zamonaviy ruhdagi yangi qo`shiqlar yaratdi. Shoir xalqning o`z hasratlarini ifoda etuvchi mungli, biroq shirin tuyg`ular uyg`otuvchi, tez va oson yodda qoluvchi, ohangdor va musiqiy qo`shiq hamda laparlaridan foydalanib, o`zi tanlagan mavzu va g`oyani o`quvchiga tez va qulay yetkazishga urindi. Hamza xalq orasidan turli mazmundagi qo`shiq va ashulalarni yig`ib, ularning ayrimlari uchun o`z davri hayot voqealarini aks ettiruvchi matnlar yozgan. Hatto u yozgan qo`shiqlarning ayrimlari hajviy holatni ifodalaydi.
Shoirning bunday she’rlari uning «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul», «Pushti gul», «Sariq gul», «Safsar gul» kabi ramziy nomlar bilan nashr ettirilgan «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» kitobidan o`rin olgan. Hamza folklorga xos nozik poetik uslub elеmеntlarini chuqur o`zlashtirib, ulardagi ilg`or gumanistik g`oyalarni rivojlantirdi. Ayniqsa, uning xalq ijodida kеng tarqalgan «Kеlin salom qo`shiqlariga xos tasvir va ifoda yo`llaridan ijodiy foydalanib yaratgan hajviy, yumoristik asarlari bu jihatdan ibratlidir:
Olti pullik taqadеk,
Ko`zi irg`ib baqadеk,
Och muxlisning qo`lida
O`tmay qolgan chaqadеk
Shayx hazratlariga salom!

Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling