Hamza hakimzoda niyoziy pedagogik harakteridagi asoslari. Maktab o’quvchilari uchun yaratgan darsliklari reja


Download 112.13 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1192422
1   2   3
Bog'liq
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY PEDAGOGIK HARAKTERIDAGI ASOSLARI. MAKTAB O’QUVCHILARI UCHUN YARATGAN DARSLIKLARI

Hamzaning Navro‘z she’ri
Oʻquv qoʻllanmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Sahna asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamzaning she’ri
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan, lekin bu asar aslida maʼrifatchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
Hamza 1914-1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.
Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamzaning she’ri
Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobilev (Fargʻona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gʻafur Musaxonov rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissor va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u „Kim toʻgʻri?“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Boy ila xizmatchi“, „Ishchilar hayotidan“ (1918), „Loshmon fojiasi“ (1916-1918, 3 boʻlimli), „Fargʻona fojiasi“ (1918-1920, 4 boʻlimli), „Qizil qon ichida yosh goʻdaklar“, „Mahbus toʻraning holi“ (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan boʻlsa, „Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan, ammo Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan, biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: „Maysaraning ishi“ komediyasi va „Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi“ dramasini yaratgan.


Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling