Hamzayev Nurmuhammadjon Moniy Abdulvohid o’g’li


Download 25.85 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi25.85 Kb.
#166118
Bog'liq
8-variant.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Sirtqi bo‘lim

Buxgalteriya hisobi va audit

ta’lim yo‘nalishi

HBA-60-2

guruh talabasi

2019-2020o‘quv yilining

IV-

semestrida

Pul va banklar fanidan
Hamzayev Nurmuhammadjon Moniy Abdulvohid o’g’li

(talabaning F.I.SH)

tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan

(oraliq nazorat, yakuniy nazorat)

tegishligini tagiga chizib qo‘ying
YOZMA ISHI
Yozma ish o‘tkazilgan sana _______________

Shifr:_______________

Yozma ish natijasi _____________________

_________________________________________'>KOMISSIYA TARKIBI:
Rais: ________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

A’zolari:_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)
Toshkent – 2020 y.

8-variant


  1. Zamonaviy monetarizm nazariyasining yaratilishi.

  2. “Kredit” tushunchasining mazmuni.

Javoblar

  1. Bunda shuni qayd etib o‘tish lozimki, klassik – dastlabki monetarizm asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini asosan muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar yig‘indisidan kelib chiqqan holda

aniqlashga uringanlar.

Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari muomaladagi pul miqdorini belgilovchi yangi ob’ektiv omillar vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, pul muomalasi banklar tomonidan tartibga solina boshlangandan so‘ng pulga bo‘lgan talab va taklif banklarning ssuda foizlari darajasiga ko‘proq bog‘lanib borishi kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va taklifni boshqarish bilan bog‘liq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.

Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul miqdorini aniqlash bo‘yicha olimlar tomonidan bugungi kungacha yaratilgan barcha nazariyalarni taxlil qilib chiqish mumkin emas. Lekin, Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy naqd pul siyosatining negizini chuqurroq tushunish uchun ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

Masalan, ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623 – 1687) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan. Ingliz faylasufi J. Lokka (1632 – 1704) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara haqining to‘rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yig‘indisi sifatida topishni taklif qilgan.

Pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar qiymatining to‘qqizdan bir qismi yoki yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi lozimligini e’tirof etadi.

Shotland iqtisodchisi A. Smitt (1723 – 1790) ushbu ko‘rsatgichni aniqlash mumkin emas deb hisoblagan bo‘lsa ham, lekin ko‘pgina olimlar uni yillik umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining beshdan, o‘ndan, yigirmadan va o‘ttizdan bir qismiga teng bo‘lishini ta’kidlaganlarini eslatib o‘tadi. Agar, e’tibor berilgan bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalar klassik, ya’ni dastlabki monetarizmga taaluqli ekanligini sezish qiyin emas.

Zamonaviy monetarizm nazariyasining ilk namoyondalaridan bo‘lgan ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842 – 1924) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining qo‘lida pul ushlab turish istagi va ulardan daromad ololmaslik xavfi bilan o‘lchanishini o‘rtaga tashlagan. Yoki, A. Marshall fikricha odamlar qo‘lidagi ortiqcha naqd pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil bo‘lib hizmat qiladi.

Miqdoriy pul nazariyasining yorqin namoyondalaridan bo‘lgan mashhur ingliz olimi J. Keyns (1883–1946) ilk bor muomala uchun zarur pul miqdorini bank foizlari darajasi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning fikricha bank foizlari stavkasi tushib ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan ko‘ra o‘z qo‘llarida ushlab turishni ma’qul ko‘radilar va muomalada pulga bo‘lgan talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar qo‘lidagi pullarini daromad olish maqsadida banklarga qo‘yishdan manfaatdor bo‘ladilar va muomalada pulga bo‘lgan talab pasayib ketadi. Ko‘rinib turibdiki, J. Keynsning pulga bo‘lgan talabni aniqlash ta’limoti uchun “foizlar nazariyasi” asos bo‘lib xizmat qilgan.

Shundan kelib chiqqan holda J. Keyns, muomala uchun zarur bo‘lga pul miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan tortib to ellikdan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanishi mumkin deb hisoblagan. J. Keynsning bu fikrini inkor qilib bo‘lmasada, lekin uning nazariyasiga ko‘ra muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pulning aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi. Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini qidirish bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi olimlar tomonidan pul miqdorini aniq ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar yaratildi.

Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va J. Tobinlar tomonidan bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yaratilgan “portfel tanlovi” nazariyasidir.

2. Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi.

K.ning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat K.i — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank K.i — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat K.i — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol K.i — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro K. — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.

K. iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. K. yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.



K. munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda K. siyosati olib boriladi. K. siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, K.ning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning K. siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan K.lari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga K.lar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan K.lar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. K. tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. K. tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda K.tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling