Hand Carrying Earth


Download 177.42 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi177.42 Kb.
#1605213
Bog'liq
JAMIYAT VA INSON FALSAFASI

JAMIYAT VA INSON FALSAFASI

  • JAMIYAT VA INSON FALSAFASI

Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida

  • Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon odamdarning oddiy birlashmasi bo’lgan emas va bo’lmaydi ham. Jamiyat odamlar, ishlab chiqarish, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o’zaro ta’siri murakkab sistemasidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo’lgan a’zo (organizm)dir, u ayrim ijtimoiy elementlarning o’z boshimcha ishlariga yo’l qo’yuvchi g`ayri-ixtiyoriy birikma emas. Tabiat esa-bu moddiy jismlar, realliklar majmuidan iborat bo’lib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va uni qurshab turadi.
  • Tabiat rivojining oliy bosqichi bo’lish jamiyat faqat tabiiy omil negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o’zaro ta’sirida bo’lish shartidir. Kelib chiqishi jihatdan tabiat bilan bog`liq bo’lgan jamiyat har holda tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.

Inson o’zining tabiatga ko’rsatayotgan salbiy ta’sirining oqibatlarini sezgach va bilgach, tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish zarurligi haqida o’ylay boshladi.

  • Inson o’zining tabiatga ko’rsatayotgan salbiy ta’sirining oqibatlarini sezgach va bilgach, tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish zarurligi haqida o’ylay boshladi.
  • Tabiat va jamiyat tizimi aslida “tabiat-xo’jalik-aholi” tizimi tarzida ifodalansa maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin, chunki tabiat insonning xo’jalik faoliyati natijasida o’zgaradi. O’zgarish ilmiy asoslangan holda amalga oshirilgan taqdirda tabiat jamiyat maqsadlariga mos keladigan tarzda o’zgaradi. Bunda tabiat ham, inson ham aziyat chekmaydi. Lekin ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonida texnika, texnologiya, mehnat xarakteri, sub’ektning aybi bilan qator kamchiliklarga yo’l qo’yilishi tufayli tabiat boyliklaridan foydalanishda isrofgarchilik, degradastiya, xomashyolarni majmuali qayta ishlamaslik, turli chiqindilarni muhitga ko’plab chiqarish natijasida tabiat jiddiy zarar ko’rmoqda. Erning havo harorati keyingi 110 yil davomida 1 darajaga ortgani va uni BMT ma’lumotiga ko’ra u 2030 yilgacha 4-5 darajaga ortishi bashorat qilinayotgani, buning hunuk ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hozirdayoq jiddiy sezilayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.

Inson, jamiyat, ong

  • Inson – tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurg`izuvchi individ. Inson tarixiy jamoa jarayoni sub`ekti bo’lib, u yer kurrasidagi moddiy va ma’naviy madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan ginetik bog`langan holda, lekin ulardan ongini yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi hamda axloqiy, ma’naviy va ruhiy o’z – o’zini anglay olishi bilan ajralib turadi.

JAMIYAT ULARNING O’ZARO ALOQASI

  • Jamiyat – keng ma’noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarning konkret tipidir.

YERDAGI HAYOT VA BIOSOTSIAL EVOLUTSIYA

  • Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o’rtasida to’xtovsiz va xilma – xil o’zaro ta’sirlar ro’y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir muammosi insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda Franstiya sostiologi Monteske o’sha davr uchun xos bo’lgan fikrlarni olg`a suradi. U «Qonunlar ruhi to’g`risida nomli asarida jamiyat tabiatga to’la ravishda qaramligi to’g`risidagi g`oyani rivojlantirib, «Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir», degan shiorni olg`a suradi.
  • Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi qo’yadigan, kishilar bilan tabiat o’rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi o’laroq tabiat bilan inson o’rtasidagi chambarchas bog`liqlikni asoslash va ko’rsatish muhim ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo’lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog`liqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o’zaro quvvatlab turadilar.

TALBIATNING FALSAFIY TUSHINISHNING AHAMIYATI

  • Jamiyat va tabiat birligini ta’kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jihatdan birligini tushunamiz, ya’ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialektik deb ataluvchi ba’zi bir ob’ektiv (xolis) qonunlarga garchi o’ziga xos bo’lsa ham bo’yso’nadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya qonunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma’naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog`langandir. Bu tabiat o’z-o’zi bilan chambarchas bog`liq demakdir, zero inson tabiatning bir qismidir, uning farzandi, rivojining gultojidir. Mazkur holat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo bo’lishining etakchi omili ekanligi ko’rinadi.

Insoniyat, koinot, tabiat, jamiyat

  • Tabiat rivojining majmui bo’lishi insoniyat tabiatga tobora ko’p o’z ta’sirini ko’rsatadi, inson faqat har xil o’simlik va hayvonot turlari o’rnini o’zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o’zgartirdiki, uning faoliyati natijasida er shari umumiy o’limga mahkum bo’lgandagina u bilan birga yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shunday qilib, inson nafaqat tabiatni o’rganib biladi, balki o’zini o’rab turgan dunyoni o’zgartiradi, «ijod» qiladi ham. Biroq landshaft (tabiat manzarasi)ni g`oyat o’zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib ketaolmaydi, u hamma vaqt uning bag`rida yashaydi.

Download 177.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling