Hans Kristian Andersen
Download 1.17 Mb.
|
Hans Kristian Andersen saviya.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hans Kristian Andersen
From:
saviya.uz
Bosh sahifa Ijod Adabiyotshunoslik Hans Kristian Andersen Hans Kristian Andersen1 26544 marta koÊ»rilgan. Kirilda | Lotinda (1805â1875) Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdoÊ»z, onasi esa kir yuvuvchi boÊ»lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambagÊ»allar maktabiga oÊ»qishga kiradi. Oradan uncha koÊ»p vaqt oÊ»tmay, ularning oilasi Kopengagenga koÊ»chadi. Bolaning yashash sharoiti va oÊ»qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi boÊ»ladi. BoÊ»lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga oÊ»qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda taʼlim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga oÊ»qishga kiradi. Andersen juda koÊ»p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi. Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik sheʼrlar, roman, drama, yoÊ»l ocherklari, biografik etudlar yaratadi. âDaniyalik Xolgerâ, âQor malikasiâ, vatanparvarlik ruhi bilan yoÊ»gÊ»rilgan âDaniya â mening vatanimâ, ozodlik gÊ»oyasi mujassamlangan âSoqchiâ, âShilyon asiriâ va boshqa sheʼrlari sheʼriy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi. Andersen oÊ»z romanlarida (âImprovizatorâ, âO. Tâ boÊ»lgan yoki boÊ»lmaydiâ) zamonasi uchun juda muhim boÊ»lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi. Uning ijodi koÊ»p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. âErtaklarâ (1835â1855), âYangi ertaklarâ (1843â1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi. Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq ogÊ»zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qogÊ»ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli boÊ»lish bilan birga, oÊ»quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega. Andersen ertaklarida koÊ»pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular oÊ»zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq boÊ»ladilar. Uning âQoÊ»ngÊ»iroqli girdobâ, âKumush tangaâ, âKolbasa sixidan shoÊ»rvaâ, âGoÊ»ng qoÊ»ngÊ»izâ va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol boÊ»la oladi. Ertakchining âQoÊ»ngÊ»iroqli girdobâ asarini olib koÊ»raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, ogÊ»ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning oÊ»z xoÊ»jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. âBolalar gurungiâ asarida hech kim taqdirini, kichkintoy oÊ»sib-ulgÊ»aygach kim boÊ»lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu koÊ»proq oÊ»sha bolaning oÊ»ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bogÊ»liq ekanligini oÊ»qiymiz. Shohona qasrga toÊ»plangan bir toÊ»da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni toÊ»ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq boÊ»lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan taʼkidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambagÊ»al bola tinglab, xoÊ»rsinar, âbularga yetish bizga yoÊ»l boÊ»lsinâ, deb qoÊ»yar edi, oÊ»zicha. Yillar oÊ»tib oÊ»sha juldur kiyimli bola yaxshi oÊ»qib, rassom boÊ»lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, oÊ»ziga munosib bir qasr qurdirdi. âQasr hamda uning ichidagi xazinani koÊ»rishâni hamma istardi. Ertakchining âNoÊ»xat ustidagi malikaâ asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahrgÊ»azabini qoÊ»zgÊ»atadi. Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir boÊ»lgan, tarvuzi qoÊ»ltigÊ»idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi. Kunlardan bir kuni koÊ»z koÊ»rib, quloq eshitmagan moÊ»jiza yuz beradi: âBir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomgÊ»ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning oÊ»zginasi. ToÊ»satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi. Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga oÊ»xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, koÊ»ylaklaridan sharillab oqib, toÊ»ppa-toÊ»gÊ»ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u boÊ»lsa pinagini buzmay, âMen haqiqiy malikaning xuddi oÊ»ziman, derdiâ. Malikani sinab koÊ»rish ishlari ham gÊ»alati boÊ»ladi. Tunda qirq qavat koÊ»rpa ostiga bitta noÊ»xatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab oÊ»rnidan turar ekan, âQanday uxlab turdingiz?â deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi: âEy, juda yomon! â deydi u. â KoÊ»zimni yummadim, desam ham boÊ»ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun aʼzoyi badanim koÊ»karib ketibdi. Naqadar dahshat!â Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi. Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib oÊ»qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda koÊ»pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir. âDyumchaxonâ, âIrkit oÊ»rdakchaâ, âBotqoqlik shohining qiziâ, âBaqaâ, âBurga bilan professorâ singari ertaklari oÊ»zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan. Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bagÊ»ishlab kelmoqda. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling