Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila
Download 41.5 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUYUQ VA TAJNIS T U Y U Q
Umrini ablah kechurib g‘aflat ila,
Nukta o‘rnig‘akim tortar xarros. Bir eshakdurki, tag‘ofil yuzidin Qilg‘ay izhor payopay arros . Bu qit’ada odamlar xarakterida uchraydigan badlafzlik, qo‘rslik keskin qoralanmoqda. Ifodalanayotgan ma’noning ta’sir darajasini oshirish, fikrni lo‘nda va obrazli bayon etish uchun shoir hayotiy bir detalni she’rga olib kirgan. Ya’ni, g‘ofil kimsani arros eshakka qiyoslagan. Bu tashbeh yordamida fikr yanada teranlashgan. Masalan, she’rni o‘qigan kishida so‘zlar sharqona nazm jilosidan (qasida, g‘azal va boshqa janrlardagiga o‘xshab) mahrumdek taassurot tug‘dirishi mumkin. Go‘yo unda tashbih she’rga soya solgandek, go‘yo shoir go‘zallik tuyg‘usiga to‘la rioya etmagandek. Aslida, bu aldamchi bir taassurotdir. Chunki shoir uchun eng muhimi fikr butunligi va aniqligidir. Xullas, qit’a g‘azal, ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi. Uning o‘ziga xos poetik tabiati bor. Qit’a o‘zining kompozitsion ko‘rinishlari, obrazlar tizimi, til xususiyati va ifoda usullariga ega janr. U g‘azalning bir parchasi yoki ba’zi olimlar aytganidek, g‘azaldan yulib olingan “ma’lum bir bo‘lak” sifatida yuzaga kelmagan. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Qit’a Sharq adabiyotida g‘azaldan ancha oldin paydo bo‘lgan janr. Ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’rifiy va boshqa mavzularda yozilgan, o‘ziga xos qofiya tarziga ega, ikki baytdan kam bo‘lmagan, o‘zida ma’lum bir poetik xususiyatlarni mujassamlashtirgan she’riy parchalar qit’a deyiladi. Qit’ada shoirlar, asosan, turmush va real voqelik bilan aloqalangan taassurotlar, ijtimoiy hayot, axloq masalalariga doir g‘oyalarni lo‘nda, sodda yo‘llarda ifoda etganlar. Shu ma’noda qit’a – ma’no va mohiyat oynasi, shoir ehtiroslari quyulib, fikrda teranlik kuchaygan holati. Yoki shu holatlar hosilasi erur. TUYUQ VA TAJNIS T U Y U Q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda o‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon)» tarzida bo‘lishi shart.Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki V – ~).Tuyuqda qoyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor.Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib bo‘lmay qolgan. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling