Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila
Yo qoshingdin nccha bir o'q ko'z tutay
Download 41.5 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tigi ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim otidan
Yo qoshingdin nccha bir o'q ko'z tutay,
Otki, o'trusig'a oning ko'z tutay. Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin, Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay. Ishqiy mazmunda bitilgan bu tuyuqda go'zal yorning qoshi la'rifu tavsif etiladi. Undagi tajnis «ko'z tutmoq» fe'lining ma'no lovlanishlariga asoslangan. Birinchi misrada shoir ma'shuqaga: “Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga o'qlar otilishini inlizor kutaman», deya murojaat etgan. Bu o'rinda «ko'z tutmoq» lo'li «kutmoq» ma'nosida ishlatilgan. Shu bilan shoir seviklisi unga tomon bir qosh qoqib qiyo boqishiga umidvorligini badiiy ifodalagan. Ikkinchi misrada shoir o'sha fikrni mantiqiy davom ettirib: «Men kutayotgan o'sha o'qlarni ota qolgin, uning qarshisiga ko'zimni tutib bcraqolay, ya'ni sening bir qosh qoqib qiyo boqishingga ko'zlarim sadqa bo'lsin», deya majoziy ma'noda iltijo etmoqda. Bunda «ko'z tutay» fe'li «ko'zni tutib bermoq» ma'nosida qo'llangan. Keyingi misralarda: «Qanchadan-qancha go'zallaming qoshlarini ko'rganimda, xuddi yangi oy ko'rgan kishidek, qo'limni qoshim usliga qo'yib, ko'zimni qo'Iim bilan panalab qarayman», degan mazmun mujassam. Bunda oshiq ma'shuqaga sadoqat izhor etmoqda. Ya'ni: «Ko'zimni boshqa yor nazaridan asrayman» demoqchi. Demak, bu o'rinda «ko'z tutmoq» fe'li yanada o'zgacha ma'no kasb etgan. Tig'i ishqing yorasidur butmagan, Dardini ha'r kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim o'tidan, Anda gul yoxud giyoh butmagan. Oldingi tuyuqlar yor go'zalligidan hayratlanib, oshiqona zavq-shavq tuyg'ulari bilan uyg'un bo'lsa, ushbu tuyuq hijron dardi tuyg'usi bilan yo'g'rilgan. Undagi tajnisga «bitmoq» fe'li asos qilib olingan. llgarigi tuyuqlar vasf uslubida bitilgan bo'lsa, bunda izhor uslubi ustuvor.Ya'ni, lirik qahramon dardu holini izhor etmoqda. Tuyuqdan shunday mazmun anglashiladi: «Ey jafokor yor! Dardimni tinglab, ahvolimdan ogoh bo'lsang-chi. Sening muhabbating xanjari qalbimga solgan jarohat hanuzgacha bitmagan — tuzalgani yo'q. Bu jarohat og'rig'i — sevgi dardini har kimga aytaverib, haligacha bitira olmadim — tugatolmadim. Sening ishqing iztirobidan tortgan ohim olovidan shunday hajr sahrosi hosil bo'ldiki, unda gul ham, giyoh ham bitmaydi — unib-o'smaydi». Bu tuyuqda «butmagan» fe'li «tuzalmagan», «tugamagan», «unib-o'smagan» ma'nolarida tajnis qilingan. Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakliy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham qiyomiga yetkazgan. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling