Haqni nohaq etma, nohaqni haq etma
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
P9CAs2yj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Haqni nohaq etma, nohaqni haq etma... Joriy yilning 19 oktyabr kuni “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Prezident blogerlari” guruhida Olimjon To‘xtanazarov profili orqali Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.Bazarovaning Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’limning boshqaruv tizimidan va Termiz shahridagi 3-sonli MTT faoliyatida talon-torojliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi hamda 3-sonli MTTdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq nizolardan noroziligi haqidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efiri namoyishiga Surxondaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmatining rasmiy munosabati 1-MASALA: Termiz shahridagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi N.Tadjidinova talon-torojliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsada. unga chora ko‘rilmaganligi, tekshiruvi natijalaridan noroziligi. Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat bo‘limi tomonidan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshirish o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda quyidagilar aniqlangan. Xususan, Termiz shahridagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inventarizatsiya tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 112-sonli buyruqqa asosan 3-sonli MTTda o‘tkazilgan inventarizatsiyada 3,9 mln. so‘mlik 2 dona gaz plitasi va 28 turdagi jami 28,2
mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar tashkilot balansiga kirim qilinganligi, biroq tekshirish davomida 3-sonli MTM rekonstruksiya qilinganligi sababli ushbu tovar-moddiy boyliklar va jihozlar boshqa omborda saqlanganligi aniqlangan. Shuningdek, 2018 yil fevral-dekabr oylarida amalda intizomiy jazosi bo‘lgan xodimlarga asossiz ravishda 7,1 mln. so‘m rag‘batlantirish puli hisoblanib, shundan 6 mln. so‘mi to‘langan. Xususan, 3-sonli MTT rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.Qurbonova tomonidan 18.02.2018 yilda amalda intizomiy jazosi bo‘lgan xodimlarga 621 ming so‘m, mudira N.Tadjidinova tomonidan 2018 yil avgust-dekabr oylarida 5,4 mln. so‘m ortiqcha to‘langan. Termiz shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, N.Karayeva, M.Qurbonova, N.Tadjidinova va boshqalarning harakatida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, oxirgi marotaba 25.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilinib, N.Tadjidinovaga nisbatan MJtKning 61-moddasi 1-qismi (oz miqdorda talon-toroj qilish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborilgan. Termiz shahar ma’muriy sudining 09.10.2019 yildagi qaroriga asosan N.Tadjidinovaga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari ya’ni 202.730 so‘m jarima jazosi tayinlangan. Sud qarorining qonuniyligi to‘plangan hujjatlar bilan viloyat prokuraturasida o‘rganilib, asosli deb topilgan. 2-MASALA: Fuqaro S.Bazarovaning 3-sonli MTTdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq nizolardan noroziligi Aniqlanishicha, S.Bazarova 05.03.2018 yildan Termiz shahridagi 3-sonli MTTda tarbiyachi vazifasida ishlab kelgan. 3-sonli MTT rahbarining 12.03.2019 yildagi 157-sonli buyrug‘iga ko‘ra, S.Bazarovaga o‘z vazifalarini yetarli darajada bajarmaganligi sababli, “xayfsan” intizomiy jazosi e’lon qilingan. Shuningdek, 3-sonli MTT rahbarining 07.05.2019 yildagi 167-sonli buyrug‘iga ko‘ra, S.Bazarovaga tarbiyalanuvchi bolani ruxsatsiz MTTdan tashqariga olib chiqib ketganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazosi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, S.Bazarova 18.10.2019 yilda sababsiz ishga kelmaganligi (o‘zining aytishicha, shifoxonaga, xalq qabulxonasiga va Maktabgacha ta’lim vazirining qabuliga borgan) sababli, dalolatnoma tuzilib, MTT rahbari tomonidan 23.10.2019 yilda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga ko‘ra bekor qilish haqida kasaba uyushmasiga taqdimnoma kiritilgan. Termiz shahar 3-sonli MTT kasaba uyushmasining 24.10.2019 yildagi yig‘ilishida S.Bazarova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 2- qismi 3-bandiga ko‘ra bekor qilishga rozilik berilgan. 3-sonli MTT rahbarining 25.10.2019 yildagi 28-sonli buyrug‘iga ko‘ra, S.Bazarova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga ko‘ra bekor qilingan. Shundan so‘ng, S.Bazarova fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga buyruqni bekor qilish va ishga tiklash haqida da’vo ariza bilan murojaat qilgan. FIB Termiz tumanlararo sudining 02.12.2019 yildagi hal qiluv qarori bilan S.Bazarovaning da’vo talablari rad qilingan. Mazkur fuqarolik ishi S.Bazarovaning shikoyati asosida FIB Surxondaryo viloyat sud apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atida 28.01.2020 yilda ko‘rilib, birinchi bosqich sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan. Termiz shahar 3-sonli MTT Ichki mehnat tartibi qoidalarining 2.28-bandiga ko‘ra, kun davomida jami uch soatdan ortiq ishga kelmaslik mehnat shartnomasi bekor qilinishiga olib keladigan mehnat vazifalarining bir marta qo‘pol buzilishi ro‘yxatiga kiritilgan. S.Bazarova 18.10.2019 yilda qon bosimi oshganligi sababli shifoxonada bo‘lganligini bildirib, viloyat Kardiologiya markazi dispanser bo‘limining 8130-sonli ma’lumotnomasini sudga taqdim qilgan. Biroq, Viloyat Kardiologiya markazi dispanser bo‘limi boshlig‘i D.Nuraliyeva tomonidan 23.10.2019 yilda berilgan xatga asosan, S.Bazarovaning 18.10.2019 yilda Kardiologiya markazi dispanser bo‘limida ko‘rikdan o‘tmaganligi va qabulda bo‘lmaganligi ma’lum qilingan. Fuqarolik ishi viloyat prokuraturasi tomonidan muqaddam S.Bazarovaning murojaati asosida o‘rganilib, sud qarorlariga nisbatan protest keltirish uchun yetarli asoslar mavjud emasligi haqida muallifga bir necha marotaba javob xatlari yuborilgan. S.Bazarovaning viloyat Kardiologiya markazi dispanser bo‘limi tomonidan unga soxta ma’lumotnoma berilganligi holati bo‘yicha aybdor shaxslarga chora ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi asosida Termiz shahar IIO FMBtomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra 05.03.2020 yilda JPKning 83-moddasi 2-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qaror viloyat prokuraturasi tomonidan 25.06.2020 yilda bekor qilinib, material qo‘shimcha tekshirish uchun IIBga yuborilgan. Qo‘shimcha tekshirish natijasiga ko‘ra 16.07.2020 yilda Termiz shahar IIO FMB tomonidan JPKning 83-moddasi 2-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan. Murojaatda S.Bazarovaning ishidan mahrum bo‘lganligi, hozirgi vaqtda ishsizligi haqida aytilgan. Hozirgi kunda S.Bazarova Termiz shahridagi 18-MTTda 20.03.2020 yildan buyon qisqa muddatli guruh tarbiyachisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Surxondaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling