Har bir biznes rejasini namoyish etmoqchi bo’lgan odam case tizimlari haqida bilishi kerak case tizimlari har qanday jarayon ketma-ketligini o’zida standartlar orqali shakllantira oladigan tizimlardir


Download 15.85 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.85 Kb.
#211930
Bog'liq
CASE tizimlari


Har bir biznes rejasini namoyish etmoqchi bo’lgan odam CASE tizimlari haqida bilishi kerak. CASE tizimlari har qanday jarayon ketma-ketligini o’zida standartlar orqali shakllantira oladigan tizimlardir. Bizneslar va biznes shaxslari ko’p bo’lgani uchun dasturchilar ularga maqul CASE tizimlarini ishlatuvchi dasturlar yozishdan hali to’xtashgani yo’q. Har bir yangi CASE tizimli dastur paketlari o’zida boshqa turdoshiga nisbatan ustunliklarni namoyon qilib, IT bozorida o’z o’rnini saqlab qolmoqda,

Quyida CASE tizimlari uchun dastur paketlarini tahlil qilamiz. Baholashda asosan BPMN 2.0 tizimi bilan mosligini, ishlashning qulayliligini, dizayn, BPMN 2.0 dastur paketlari uchun umumiy qabul qilingan standart kengaytmalarda fayllarni saqlay olishini inobatga olamiz.

Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Visio dasturi. Ko’plab foydalanuvchilariga ega va ko’plab mutaxassislar tomonidan keng e’tirof etiladi. Visio dasturidan unumli foydalanishda nafaqat dastur ishlab chiqarilgan yilidan balki turkumidan ham farqlanishni unutmaslik kerak. Buni quyidagicha tushunishimiz mumkin, Visio dasturlarining deyarli barchasida jarayonni chizish mumkin. BPMN jarayon havolalaridan foydalanish va jarayon ketma-ketligini to’g’riligini tekshirish Microsoft Visio ning 2010 yil premium turkumida yoki, Microsoft Visio 2013 premium turkumida mavjud. Dastur turkumlariga ko’ra narxlanadi.

Microsoft Visio dasturi ishlash uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Uning kamchiliklaridan biri BPMN tizimini o’rnatishdan so’ng qolgan qismini alohida o’rnatishdir. Misol uchun Microsoft Visio 2010 dasturining professional turkumida ba’zi qismlar yetishmaydi va jarayon sxemasini tekshirish ishlamaydi. Kamchiliklarni bartaraf etishda qo’shimcha kutubhonani alohida o’rnatish kifoya. Sxemalari juda chiroyli tuzilgan. Uni WORD dasturida standart obyekt sifatida ishlatish mumkin va bu tayyor jarayon sxemasi bilan ishlashni soddalashtiradi.



Microsoft Visio dasturi Business Studio dasturiy paketi bilan integrallashib ishlay oladi. Bundan tashqari dasturini oddiy blok-sxemalar chizishda ishlatish ham mumkin. Shuni hisobga olish kerakki Microsoft Visio dasturi ishlanmalarini umumiy standartdagi XPDL, BPEL kabi fayl kengaytmalarida saqlashning imkoni mavjud emas.

IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Enterprise Architect dasturi ham ko’p ishlatiluvchi CASE tizimli dasturlardan hisoblanadi.
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling