Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga EGA


Download 35.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi35.5 Kb.
#1016142
Bog'liq
Har bir inson malakali





Har bir inson malakali
tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.



Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.



Yer, er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.



Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.




Ota-onalar o‘z farzandlarini
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.





O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va

an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi,
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.



O‘zbekiston Respublikasi
qonun bilan tasdiqlanadigan
o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i,

gerbi va madhiyasiga ega.



O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.



Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga

xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling