Har bir millat va xalqning kamolotida ona tilining o`rni benihoya kattadir
Download 383.4 Kb. Pdf ko'rish
|
topvoldiyeva mohigul
2.3 Morfologik interferensiya
Ma’lumki, tilning grammatika qismi morfologiya hamda sintaksis bo`limlaridan iborat. Morfologik interferensiya so`z yasalishida, so`z o`zgarishi qoidalari (paradigmalari), so`zning morfem tarkibi, har bir morfemaning funksional-semantik tomonlari va distribusiyasi, har bir so`z turkumiga xos morfologik kategoriyalarida sodir bo`lishi mumkin. O`zbek tili tipologik tasnif bo`yicha agglyutinativ xarakterdagi tillar guruhiga kiradi. Bunday tipdagi tillarda affikslar standart va aksariyat bir ma’nolilik xususiyatiga ega, o`zak fonetik jihatdan o`zakning tovush tomoni muhim bo`ladi, uning tarkibida yuz bergan o`zgarish grammatik funksiya bajarmaydi, o`zak bilan affiks o`zaro zich bog`lanmagan bo`ladi, o`zak mustaqil so`z kabi alohida qo`llanish xususiyatiga ega. Rus, tojik, ingliz tillari morfologik sistemasida o`zbek tiliga o`xshamagan bir qancha xususiyatlar mavjud. Masalan, rus tili morfologik qurilishi o`zbek tili morfologiyasiga nisbatan ancha murakkab, o`zgacha: so`z yasalishi, so`z o`zgarishi, so`z turkumlari va ularga xos kategoriyalar ifoda va mazmun planda keskin farq qiladi, so`zning morfem tarkibi o`ta murakkab xarakterga ega.Ana shunday rus tili morfologik o`zgachaliklari agglyutinativ xususiyatga ega bo`lgan tilda gapiruvchilar uchun rus tilida nutq yaratish jarayonida ona tilining morfologik sistemasi to`siqlik qilmay qolmaydi. Ayrim noo`xshash o`rinlarda morfologik interferensiya sodir bo`lib turadi: rus tilini yuqori darajada bilmagan o`zbekning друзья deyish o`rniga други deyishi я olmoshining дательний падежи мне bo`lishiga hayron bo`lib ajablanishi morfologik interferensiya oqibatidir.Tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida biz o`zbek va tojik tillarining morfologik strukturalari o`zgachaligi ta’sirida vujudga kelgan morfologik interferensiyaga misol uchratmadik. Buni o`zbek hamda tojik tillarining uzoq muddatli aloqalari ta’sirida morfologik tuzilishlarida shakllangan muvofiqlik bilan izohlash mumkin. Masalan, o`zbek tili ta’sirida tojik tilining shimoliy shevalarida ayrim old ko`makchilar agglyutinativ xarakterdagi affiksga ixtisoslashdi va bu holat tojik tili shevalari uchun normal holatga aylandi: Bugun men maktabga boraman. (o`zbek adabiy tili) Imro’z man ba maktab meravam. (tojik adabiy tili) Imruz man maktabba meravam. (tojik tilining Rishton shevasi) Dastlab, tojik tili sistemasiga bunday ta’sir morfologik interferensiya deb tushunilgan bo`lsa-da, hozir neytral munosabat yuzaga kelgan: Akang qani? (o`zbek adabiy tili) Akam maktabda. Birodarat kujost? (tojik adabiy tili) Birodaram dar maktab ast. Akot gujonda? (tojik tilining Rishton shevasi) Akom maktabanda. Grammatik interferensiya ko`p marotaba takrorlanish natijasida individual nutqdagi xususiy holatdan butun bir sheva egalari uchun normaga, umumiy qoidaga aylanishi mumkin. Download 383.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling