Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Download 172.64 Kb.
bet1/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan


Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi
Reja:



  1. Mumtoz adabiy turlar va navlar tasnifi

  2. Mumtoz she’r navlari va turlari

  3. Mumtoz she’r unsurlari va qismlari

O`zbek mumtoz she’riyati va uning tur, nav hamda xillarini tadqiq etish jarayoni o`z tarixiga ega. Mumtoz she’riyatimiz tur va she’r shakllari, avvalo, turkiy xalqlar og`zaki ijodiyoti quchog`ida kamol topib yozma adabiyotga ko`chib borgan. Turkiy xalqlar adabiyoti o`z ichki imkoniyatlari doirasida rivojlanish bilan bir qatorda boshqa qo`shni xalqlar adabiyoti tajribalaridan ham bahra olib turgani sir emas. Mumtoz she’riyat an’analari va uning tadrijiy tarixini o`rganishda birinchi galda qadimiy manbalarga murojaat qilamiz. Mumtoz she’riyat qoidalari o`tmishda besh yo`nalishda, ya’ni ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi she’r va ilmi muammo tarzida o`rganilgan. Bu sohadagi izlanishlar va risolalar dastlab arab hamda fors-tojik tillarida yaratilgan, ulardan o`z navbatida Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy, mutafakkir Alisher Navoiy, xassos ijodkor Zahiriddin Muhammad Boburlar yaratgan asarlarida unumli foydalanganlar.
Mumtoz she’riyat qonun-qoidalari, an’ana va unsurlari Umar Roduyoniy(XI asrda yashab ijod qilgan)ning “Tarjimon ul-balog`a” (1114 yil ko`chirilgan), Rashiduddin Vatvot(vaf.1182)ning “Hadoiq us-sehr fi daqoiq ish-she’r” (hadoiq – hadiqaning ko`pligi – bog`, daqoiq – daqiqning ko`pligi – nozik), Shamsuddin Qays Roziyning “Al-mu’jam” (to`liq nomi “Al-mu’jam fi maoyir-il-ash’or-ul-Ajam”, XIII asr), Nasiriddin Tusiyning “Meyor ul-ash’or” va “Asos ul-iqtibos”(XIII asr), Xusrav Dehlaviy (1253-1325) “E’jozi Xusraviy” (XIV asr), Husayn Koshifiy (1420-1505) ning “Badoye’ ul-afkor fi sanoye’ il-ash’or” (XV asr), Atoullo Husayniy (1440-1513) ning “Badoye’ us-sanoye’” (1492), Vohid Tabriziyning “Jami muxtasar” (XV asr), Qabul Muhammadning “Haft qulzum” (XIX asr) va boshqa talay asarlarda tahlil etilgan.
Mumtoz she’riyat, umuman, mumtoz adabiyot turlari va navlari o`zbek allomalaridan Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning “Funun ul-balog`a” (XV asr), Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug`atayn”, “Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, Boburning “Boburnoma”, “Mufassal” (“Muxtasar” nomida nashr etilgan) asarlarida tadqiq etiladi. Keyingi asrlarda ayniqsa, XX asr boshlarida mumtoz adabiyot janrlarini tadqiq etishga ma’lum e’tibor qaratildi. Chunonchi o`zbek professorlaridan A.Sa’diy va A.Fitratlar tomonidan yaratilgan “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1924) hamda “Adabiyot qoidalari” (1926) risolalari diqqatga sazovordir. Shuningdek, XX asrning 20-yillarida Vadud Mahmud, Sotti Husayn, Elbek kabi ijodkorlarning ham bu boradagi kuzatuvlari o`sha davr vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilib turildi. Masalan, adabiy turlar bahsiga doir Sa’diy, Fitrat va V.Mahmudlarning matbuotdagi munozarali chiqishlari olqishga loyiqdir. Masalan Fitrat xalq og`zaki ijodiyoti (folklor) ni el adabiyoti, Sa’diy omma adabiyoti va nihoyat V.Mahmud ulus adabiyoti deb atash fikrlarini izhor etadi. Folklorning el adabiyoti deb atash ko`p jihatdan maqbul bo`lgan holda Fitrat kamtarlik qilib A.Sa’diyining omma adabiyoti atamasiga muvofiqlik bildiradi. Cho`lpon ham o`zining “Adabiyot nadir” asarida bu masalalarga ozmi-ko`pmi munosabat izhor etadi.
Ammo mumtoz adabiyotimizda Hofiz Xorazmiy devoni ham mavjud bo`lib, bu devon keyingi yillar aniqlandi va u qadimiy an’analar asosida tuzilganligi bilan ahamiyati kattadir. Boisi ushbu devon tarkibi qasidalar bilan ibtido topadi, adabiy an’anaga muvofiq devonlar aslida qasidalardan boshlangan, shundan so`ng g`azal va boshqa she’r shakllari joylashtirilgan.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling