Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Download 172.64 Kb.
bet14/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Marsiya va ifoda usuli
Marsiya (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati bilan gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri. M. qoʻshiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan koʻz yumgan kishining yaxshi hislatlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomonidan joʻrsiz rechitativ yoki kuychan, ogʻir, mungli ohanglarda aytiladi. M.da xalq soʻzlari, gʻazal, ruboiy, muhammas va boshqa asosida shaxs boshiga tushgan kulfat, yakin kishidan judo boʻlish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, baʼzan esa oilalarda M.ni ayollar ham alohida taʼsirchan va mahorat bilan aytgan. "Sadr"yoki "Jaxr" marosimlarida M. ("aytib yigʻlash" maʼnosida) lar yakin qarindoshlari davrasida hofiz yoki xonanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholgʻu joʻrnavozligida). Yozma manbalarda M. haqida maʼlumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida Siyovushga bagʻishlangan M., Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Alp Ertunga M.si, adabiyotda Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bagʻishlangan M.si, Hamzaning birinchi oʻzbek aktrisasi Tursunoyga bagʻishlab yozgan M.si, xalq orasida Mulla Toʻychi Hofizga bagʻishlangan M. va boshqa 20-asr oʻzbek adabiyoti va musiqasida M.lar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliyev tomonidan bir necha M.lar yaratilgan; M. Burhonovning "Epitafiya" asari M. shaklida yozilgan. Rustam Abdullayev
Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati kattadabiyot Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling