Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Mavzu: Mustazod va uning shakllari


Download 172.64 Kb.
bet16/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Mustazod va uning shakllari
Mustazod (arab.) — lirik janr. Mustazodda uzun misralar (14 va undan ortiq boʻgʻinli) qisqa misralar (6 boʻgʻinli) bilan oʻzaro almashib keladi. Uzun misra uzun misra bilan, qisqa misra qisqa misra bilan qofiyalanadi. Bir bandda misralar soni har xil (2 misradan 10 uzun va qisqa misragacha) boʻlishi mumkin. Qofiyalanish tizimi: birinchi band (muxammasda) — ab, ab, ab, ab, ab; ikkinchi band — vg , vg , vg , vg , ab; uchinchi — de, de, de, de, ab... va shahrik. Agar mustazod ikki juft misra iborat boʻlsa, birinchi bandda qofiya kesishuvchi — ab, ab; keyingilarida birinchi misralar qofiyalanmay, ikkinchilari birinchi banddagi qofiyani takrorlaydi. Mustazod Mashrab ijodida koʻp uchraydi.Alisher Navoiy, Ogahiylar ham mustahzod yaratgan.
15-asrdan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻ. raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo.ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻ. urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-asrda Gʻ.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.
G'azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy g'azallar yuzaga keldi. G'azal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) g'azal; yakpora gʻazal; voqeaband g'azal; musalsal g'azal. Ma'no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona g'azallarga bo'linadi.
Fors so'z san'atida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.
Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling