Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Mavzu: Tazmin san’ati va taxmis muxammas musaddas


Download 172.64 Kb.
bet24/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Tazmin san’ati va taxmis muxammas musaddas
Tazmin (arab. — sheʼrdan bir parcha olish, koʻchirish) — poetik sanʼat turi. Shoir fikr va histuygʻusini tasdiqlash, isbotlash yoki davom ettirish uchun biror kimsa ijodidan shohbayt — aforizm darajasiga koʻtarilgan mashhur misrani oʻz sheʼrida keltirishi. T. misra gazalning 1misrasi yoki matlai sifatida keladi. Epigraf — tezis sifatida keltirilgan shu misra yoki bayt T.chi shoir yaratayotgan misra va baytlar uchun qolip, moya rolini oʻtaydi. T. misra fikrni tasdikdash bilan birga uni mantikiy davom ettirish imkonini yaratadi, koʻpchilikka maʼlum va mashhur T.ning muallifi ataylab eslatilmaydi, aks holda muallifga ishora qilinadi. T. bir necha xil: miyeraning yarmi, toʻliq satr, ikki, uch, olti bayti T. qilinishi mumkin. Baʼzan shoir T.ni oʻz ijodidan olish hollari ham uchraydi. Masalan, Bobur oʻzining:Gar vasl muyassar oʻlmasa netgaymen, Boshimni olib qay sorigʻa ketgaymen?baytini "Jamoling vasfini", "Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen", "Ishqing yoʻlida..." sheʼrlarida T. qilgan.
Musaddas (arabcha: oltilik) - har bir bandi olti misradan iborat boʻlgan sheʻr. Musaddaslar ikki xil boʻladi. Musaddas, shuningdek, musammat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-asr.. yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddas ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab Musaddas sheʼr mustaqil yoki tazmin usulida yaratilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir oʻzining miyeralaridan iborat oltiliklar yaratadi. U sheʼriy devon, majmua va bayozlarda baʼzan "tabʼi xud (oʻzining) Musaddas" izohi bilan berilgan. Ikkinchi usulda esa shoir oʻziga yoqqan ustoz yoki zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazalidan tanlab, shu gʻazal baytlari oldidan unga toʻrt-toʻrt yangi miyeralar qoʻshib, gʻazal baytlarini oltiliklarga aylantirganlar. 17—20-asrlarda yashab ijod etgan shoirlardan Mashrab, Nishotiy, Huvaydo, Amiriy, Ogahiy, Nodira, Furqat, Avaz, Sidqiy Xondayliqiy, Tabibiy, Kamiy va boshqa M.lar yozishgan. Oʻzbek sheʼriyatidagi M.lar orasida, ayniqsa, Furqat qalamiga mansub "Sayding qoʻyaber, sayyod", "Etmadim", "Uch harobotiy" M.lari davr ruxining ifodalanishi, ijtimoiy mazmunining chukurligi, poetik jihatlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.[1]

  1. Mustaqil yaratilgan musaddaslar.

  2. Oʻzga shoir tomonidan yaratilgan gʻazallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar.

Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-asr.. yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-asr..

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling