Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahr nomi Rukn va afoillari Paradigmasi
Mavzu: Bahrlar haqida ma’lumot
Bahr so`zi arab tilida dengiz degan ma`noni ifodalaydi. Aruz tizimida bahr atamasi ruknlarning takroridan hosil bo`luvchi vaznlar turkumi tushuniladi. Bahrning ko`pligi "buhur" so`zi bilan ifodalanadi. Sakkizta aslning ettitasi alohida bahrlarni hosil qiladi. Xususan: - fa`uvlun rukni "mutaqorib"; - fo`ilun rukni "mutadorik"; - mafo`iylun rukni "hazaj"; - fo`ilotun rukni "ramal"; - mustaf`ilun rukni "rajaz"; - mutafo`ilun rukni "komil"; - mafo`ilatun rukni "vofir" bahrini hosil qiladi. Mazkur ruknlar bir bayt davomida necha marotaba takrorlanishiga ko`ra bahrning murabba` (to`rt), musaddas (olti) va musamman (sakkiz) shakllari yuzaga keladi. Yuqoridagi bahrlar bir xil ruknlarning takroridan hosil bo`lganligi uchun sodda bahrlar sanaladi.
Mavzu: Ruboiy vaznlari tahlili (Bobur ruboiylari misolida) Zahiriddin Muhammad Bobur Ruboiylari Zahiriddin Muhammad Bobur Ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara ruboiylari o'rin olgan. Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay?.. Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay, Ohim sanga ma'lum emastur, ne qilay? Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol, Mohim, sanga ma'lum emastur ne qilay? G'urbat tug'i yopqon ruxi zardinmimu dey?.. G'urbat tug'i yopqon ruxi zardimnimu dey? Yo hajr chiqarg'on ohi sardimnimu dey? Holing ne durur? Bilurmusen, dardimni?! Holingni so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey! “Mushkil” radifli ruboiy Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bartaraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil. Boburni burun mahrami asror etting… Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting. Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur… Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur. Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen… Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen. Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur… Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur, Vasliga yetarga ixtiyorim yo‘qtur. Kimga ochayin rozki, yo‘q mahrami roz, G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo‘qtur. Jismimda isitma… Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur, Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur. “Men ne qilay?” radifli ruboiy Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay? Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay? Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay? Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish… Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish, Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish. Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra, Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish. Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur… Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur. Eykim, yoraliq jismima marham sensen… Eykim, yoraliq jismima marham sensen, Majruh ko‘ngulg'a nishtarim ham sensen. Gah shod-u, gahi g'amgin esam, ayb etma, Kim boisi shodmonlig'-u g'am — sensen. Jonimda mening hayoti jonim sensen… Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruhi ravonim sensen. Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori (azizi), Alqissaki, umri jovidonim sensen. Hijron qafasida jon qushi ram qiladur… Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav bitay firoq-u g'urbat sharhin, Kim ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling