Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Mavzu: Ham bayt ham baytga asoslangan she’r shakllari
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Ham bayt ham baytga asoslangan she’r shakllari
Alisher Navoiy sheʼriyati janrlarga boyligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Uning turkiy tilda yaratgan sheʼrlari 16 janrda boʻlib, ushbu ijod namunalari tom maʼnoda shakl va mazmun birligining yuksak namunasi hamdir. Mazkur lirik janrlar orasida musammatlarning oʻziga xos oʻrni bor. Musammat arabcha soʻz boʻlib, “ipga oʻtkazilgan marvarid” degan maʼnoni bildiradi va yaratilish xususiyatiga koʻra 2 xil boʻladi: tabʼi xud, yaʼni mustaqil musammatlar va tasmit – gʻazal asosida yaratiladigan musammatlar yoki tazmin musammatlar. Tabʼi xud musammatda barcha misralar bir shoirning oʻzi tomonidan yaratiladi. Bunda ijodkor oʻzga shoir sheʼrini asos qilib olmaydi, balki oʻzi mustaqil ravishda musammat yaratadi. Tazmin musammatda esa muallif oʻzga shoir yoki baʼzida (juda kam hollarda) oʻz gʻazalini asos qilib olib, mavzuni davom ettirgani holda, vazn, qofiya va radifni saqlab qolib, musammat yaratadi. Bunda asos qilib olingan gʻazaldagi har baytning yuqori qismiga 3 va undan ortiq misralar qoʻshiladi. Maqtaʼ bandda tasmit bogʻlayotgan shoirning taxallusi ham keltiriladi. Odatda, gʻazalga tasmit bogʻlash muxammas va musaddas doirasida amalga oshiriladi, agar gʻazal beshlantirilsa, u taxmis deb, agar oltilikka aylantirilsa, tasdis deb ataladi. Alisher Navoiy ijodida musammatlarning muxammas, musaddas va musamman turlari qoʻllanilgan. Biz avvalgi izlanishlarimizda “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi muxammas va musaddaslarning yaratilish xususiyatlarini oʻrganib chiqib, shoirning barcha muxammaslari tazmin yoʻnalishida (10 muxammasdan uchtasi Lutfiyga, qolgan yettitasi oʻz gʻazallariga bogʻlangan) ekanligi haqida maʼlumot bergan edik. Kulliyotdagi 5 musaddasdan ikkitasi Lutfiyga, bittasi Husayniyga, bittasi shoirning oʻz gʻazaliga tasdis ekanligi va bittasi Navoiyning oʻz tabʼidan yaratilgan musaddas ekanligi ham aytib oʻtilgandi. Lekin qizigʻi shundaki, “Xazoyin ul-maoniy”dagi bitta musamman (sakkizlik) ham shu yoʻnalishda, yaʼni tazmin musamman boʻlib, shoirning oʻz gʻazalini sakkizlikka aylantirishi, boshqacha aytganda, tasmin qilishi asosida vujudga kelgan ekan. Musamman kulliyotning soʻnggi devoni – “Favoyid ul-kibar”ga kiritilgan. Olimlarimizning maʼlumot berishlaricha, shoirning keksalik davri lirikasiga mansub, 7 band – jami 56 misradan iborat boʻlib, quyidagi band bilan boshlanadi: Har taraf azm aylab ul shoʻxi sitamgor, ey koʻngul, Tigʻi hajridin necha boʻlgʻaybiz afgor, ey koʻngul, Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey koʻngul, Dardi hajrigʻa boʻlub erduk giriftor, ey koʻngul, Buylakim, taʼrif etib gʻurbatni bisyor, ey koʻngul, Shahru kishvardin malolat aylab izhor, ey koʻngul, Anglading yo yoʻqmukim, aylar safar yor, ey koʻngul, Vahki, boʻlduq yana hajri ilgidin zor, ey koʻngul… Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling