Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Mustaqil musammatlar
Musammat (arab. — sheʼr shakllaridan bir) — ijtimoiy-falsafiy ruxdagi sheʼrlar boʻlib, alohida-alohida qofiyalanuvchi bandlardan iborat. Birinchi bandning oxirgi misrasidagi qofiya keyingi bandlarning oxirgi misralaridagi krfiyalar bilan bir xil boʻladi. Bandlardagi misralar soni 3 tadan 10 tagacha yetadi, shunga koʻra quyidagi M.lar farqlanadi: musallas (3 misrali), murabbaʼ (4 misrali), muxammas (5 misrali), musaddas (6 misrali), musabba (7 misrali), musamman (8 misrali), mutassa (9 misrali), muashshar (10 misrali). O’zbek mumtoz adabiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda nomachilik janri faqat ishq-muhabbat tarannum etiladigan janr bo’lib qolmasdan unda axloqiy-ta’limiy (didaktik) masalalar ham qalamga olingan. Ayniqsa bu sohada XV asrda faoliyat ko’rsatgan Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” asarlari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmidan nomachilik janrida yaratilgan asarlarda o’z davrining hayoti, insonlarning orzu-intilishlari o’z ifodasini topgan bo’lib, ularda vatanparvarlik, adolat va tenglik, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari oshiqning ma’shuqaga yo’llagan ga’zal shaklidagi o’nta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning “Muhabbatnoma” si ta’sirida yaratilgan Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Said Ahmadning “Taashshuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asarlarida ham noma janri an’analariga rioya qilingan, ularning barchasi bir xil vaznda ya'’i hazaji musaddasi mahzuf vaznida, masnaviy shaklida yozilgan, barchasi ham o’nta nomadan (“Muhabbatnoma” bundan mustasno) iborat. “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma” asarlarida nomalar oshiq tilidan safoga, ma’shuqaga yetkazishini iltimos qilib yozilgan bo'’sa, "Dahnoma“ dagi nomalar ham oshiq, ham ma’shuqa nomidan yo’llangan. Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asari juda ko`p sharqshunos olimlarning e’tiborini o`ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, M.F.Ko`prulizoda, A.M.Sherbak kabi xorijiy tadqiqotchilar bu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar olib borishdi. Shuningdek, o`zbek adabiyotshunoslaridan S Qosimov 1950 yilda Xorazmiy ijodi bo`yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bulardan tashqari, N.Mallaevning "O`zbek adabiyoti tarixi"da va boshqa manbalarda shoir haqida ma’lumot beriladi. Musaddas (arabcha: oltilik) - har bir bandi olti misradan iborat boʻlgan sheʻr. Musaddaslar ikki xil boʻladi. Musaddas, shuningdek, musammat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-asr.. yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddas ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab Musaddas sheʼr mustaqil yoki tazmin usulida yaratilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir oʻzining miyeralaridan iborat oltiliklar yaratadi. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling