Mavzu: Chiston va lug’z hamda sirli mazmun
Chiston (fors. — topishmoq) — Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savol-javob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chistonda [[narsa] yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish oʻquvchi, tinglovchiga havola etiladi. Shu sababdan Chiston topishmoqsheʼr deb ham ataladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ularga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi. Oʻquvchi yoki tinglovchi Chiston mazmunidan kelib chiqib, unda yashiringan, nomi pinhon tutilgan narsani oʻz zehni, idroki kuchi bilan topib oladi. Oʻtmishda shoirlar Chiston yaratishda, asosan, 2 usul — abjad va oddiy topishmoqdan foydalanishgan. Chistonlar fard, bayt, qitʼa, ruboiy va qisman gʻazal shaklida yoziladi, 2 baytdan 10 baytgacha, hatto undan ham ortiq boʻlishi mumkin; maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega boʻladi.
Oʻzbek adabiyotida Chistonning dastlabki namunalarini Alisher Navoiy yaratgan (mac, "Qalam", "Tanga", "Miqroz", "Yumurtqa" va boshqa Chistonlar). Shavqiy Kattaqoʻryuniynant "Samandar qush", Uvaysiyning "Anor" Chistonlari mashhur.
CHISTON
(LUG`Z)
Ne lo`lidurki, chun hangoma tutsa,
Qadam boshtin qilib tortar navozir.
Boshin keskandin ortib anga tahrik,
Tilin yorg`andin o`lub anga tahrir.
Qora sug`a boshin yuz g`uta bersa,
To`lar og`ziyu bo`lmas lek damgir.
Kiromul kotibin andin qilib sabt,
El etkandin yamon-yaxshini bir-bir.
Vale oshiq bila Majnun ishiga
Qazo yetkurmay andin ranju tashvir.
Bihamdillahki, ollimda azaldin
Jununu ishq yozdi kilki taqdir.
Ne sho`x erurki, ulus ko`ngli ichra savdosi
Aning yuzidagi xatlar kebi muharrardur.
Kumushdurur taniyu qimmati aning lekin
Un ikki o`z tanidek vajh ila muqarrardur.
Ishida ul o`n ikki har birisidur dinor
Ki, adl sikkasidin yuzlarida zevardur.
Magarki angladi xumsul muborak asrorin
Ki, soni bu adad o`lmish, agarchi yuz mardur.
Gadog`a xumsidin ar saltanatdurur, ne ajab,
Qachonki beklik aning rub`idin muyassardur.
Qaysi ayyor erkim ulkim, naqb urar san`atda bor
Bir sinon yanglig` ayog`din, bosh qotiqlig`din tani.
Do'stlaringiz bilan baham: |