Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Mavzu: Fard va uning g’oyaviy mazmuni
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Fard va uning g’oyaviy mazmuni
Fard(arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug’aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o’ta mo’jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet): Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. (Alisher Navoiy) Fardni “mufradot”, “fardiyot” deb ham yuritadilar. Turkiyalik olim Tohirul Mavlaviy, bir bayt qofiyadosh bo’lsa (yuqoridagidek) “musarra’”, qofiyadosh bo’lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi. Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan: Dunyo chamanining bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket. (Nodira) Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi. Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi. (“Otalar so’zi”) Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar, Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar (“Amir Temur o’gitlari”) Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar. (Maqol)
Hyech bir inson anglamas bizni, Itdek tepib o’tar kiborlar, Eh, naqadar baxtsizdir ular. Rauf Parfi O’zturkning bu asaridagi poetik falsafani faqatgina uchlik real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to’rtlik, muxammas...va h.) janrlar kashf eta olmaydi. Bu fikrning isbotini Rauf Parfi, Vosit Sa’dulla, Anvar Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko’rsa bo’ladi. Ruboiy(ar. - to’rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo’lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to’rtliklar asos bo’lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho’bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling