Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza


Download 172.64 Kb.
bet4/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va qofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham N. yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kechroq paydo boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Enasoy yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi N.ning eng qad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning "Shohnoma", Abdulmuayd Balxiyning "Gershaspnoma", Homididdin Balxiyning "Makrmati Homidiy", Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning "Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini") singari nasriy asarlari vujudga keldi. Ammo shunga qaramay, hozirgi tushunchadagi N.ning taraqqiyoti bevosita 20-asr bilan — zamonaviy adabiyotning shakllanish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy N.i yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-asr boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor", Qodiriyning "Juvonboz", "Uloqda" singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning "Yangi saodat", S. Ayniyning "Buxoro jallodlari", "Odina" qissalari, Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanining eʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek N.i uzil-kesil shakllandi. Bu N. mumtoz oʻzbek adabiyotidagi N.dan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompozitsiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik voqealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilganligi bilan farqlanadi.
Mavzu: G'azal va g'azaliyot. Tag'azull nasib va tashbib
G'azal (arabcha —oshiqona so'z, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻG'azal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. So'ng O'rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o'tib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g'azal namunasi ham uchraydi.
G'azal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla'yoki mabda', oxirgisi maqta'deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o'zaro qofiyalansa, zebi matla' yoki husni matla' deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa san'ati bilan chambarchas bog'liq. Dastlab G'azalga taxallus qo'yilmagan, bu keyinchalik an'anaga aylangan.
G'azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy g'azallar yuzaga keldi. G'azal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) g'azal; yakpora gʻazal; voqeaband g'azal; musalsal g'azal. Ma'no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona g'azallarga bo'linadi.
Fors so'z san'atida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.
Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.
15-asrdan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling