Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Download 172.64 Kb.
bet7/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Noma va nomanavislik
Noma (fors. — xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa; 2) ada-biy janr; oʻzbek va fors mumtoz adabi-yotlarida yaratilgan, real yoki xayoliytoʻqima shaxsga asosan sheʼriy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Faxriddin Gurgoniy (11-asr), Avhadiy (1274—1338), Xoja Imod Kirmoniy (14-asr)lar fors adabiyotida N. janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida N. janrining paydo boʻlishi Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Uning "Muhabbatnoma" asari (1353—54) oshiqning maʼshuqaga yoʻllagan gʻazal shaklidagi 10 ta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si taʼsirida yaratilgan Xoʻjandiyning "Latofatnoma", Sayid Ahmadning"Taashshuqnoma", Yusuf Ami-riynnig "Dahnoma" asarlarida ham N. janri anʼanalariga rioya qilingan: ularning barchasi bir xil vaznda, masnaviy shaklida yozilgan; barchasi ham 10 nomadan iborat. "Muhabbatnoma", "Latofatnoma", "Taashshuqnoma" asarlarida N.lar oshiq tilidan yozilgan bo‘lsa, "Dahnoma"dagi N.lar ham oshiq, ham maʼshuqa nomidan yoʻllangan. Alisher Navoiy va Zokirjon Furqatning oʻz doʻstlari va ustozlariga yozgan sheʼriy maktublarini ham keng maʼnoda N. janriga kiritish mumkin; 3) biror tarixiy shaxs yoki asar qaxramonining sarguzashtlari, safar taassurotlari, ichki kechinmalari nazm yoki nasrda bayon etilgan har qanday (badiiy, ilmiy, memuar va boshqalar) asar turi. Mas, Boburning "Boburnoma", Muqimiyning "Sayohatnoma", Shayxzodaning "Toshkentnoma" asarlari; 4) mazmunan murakkab, yirik epik asar; doston. Masalan, Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Iskandarnoma", Muhammad Solihning "Shayboniynoma" asarlari.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida o’zbek mumtoz adabiyotida bu davrda nomachilik va munozara janrlari keng rivojlandi. Bizga ma’lumki mumtoz adabiyotda noma janri dastlab forsiy adabiyotda shakllangan. Uning dastlabki shakllari X-XII asrda shakllangan edi. Ularga misol qilib diniy-tarixiy asar “Xudoynoma”, “Shohnoma” kabi asarlarini keltirishimiz mumkin. Shundan keyin o’zbek mumtoz adabiyotida ham noma janri keng qo’llanila boshlandi. Dastlab Is’hoq Xorazmiyning dunyoviy lirikani tarannum etgan “Muhabbatnoma” asari yoziladi. Keyinchalik birin ketin Xo’jandiyning “Latofatnoma” Said Ahmadning “Taashhuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi qasarlari paydo bo’ladi.
O’zbek mumtoz adabiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda nomachilik janri faqat ishq-muhabbat tarannum etiladigan janr bo’lib qolmasdan unda axloqiy-ta’limiy (didaktik) masalalar ham qalamga olingan. Ayniqsa bu sohada XV asrda faoliyat ko’rsatgan Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” asarlari katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmidan nomachilik janrida yaratilgan asarlarda o’z davrining hayoti, insonlarning orzu-intilishlari o’z ifodasini topgan bo’lib, ularda vatanparvarlik, adolat va tenglik, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari oshiqning ma’shuqaga yo’llagan ga’zal shaklidagi o’nta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning “Muhabbatnoma” si ta’sirida yaratilgan Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Said Ahmadning “Taashshuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asarlarida ham noma janri an’analariga rioya qilingan, ularning barchasi bir xil vaznda ya'’i hazaji musaddasi mahzuf vaznida, masnaviy shaklida yozilgan, barchasi ham o’nta nomadan (“Muhabbatnoma” bundan mustasno) iborat. “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma” asarlarida nomalar oshiq tilidan safoga, ma’shuqaga yetkazishini iltimos qilib yozilgan bo'’sa, "Dahnoma“ dagi nomalar ham oshiq, ham ma’shuqa nomidan yo’llangan.
Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asari juda ko`p sharqshunos olimlarning e’tiborini o`ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, M.F.Ko`prulizoda, A.M.Sherbak kabi xorijiy tadqiqotchilar bu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar olib borishdi. Shuningdek, o`zbek adabiyotshunoslaridan S Qosimov 1950 yilda Xorazmiy ijodi bo`yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bulardan tashqari, N.Mallaevning "O`zbek adabiyoti tarixi"da va boshqa manbalarda shoir haqida ma’lumot beriladi.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling