Har bir millat va xalqning kamolotida ona tilining o`rni benihoya kattadir


Download 383.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana02.06.2024
Hajmi383.4 Kb.
#1837313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
topvoldiyeva mohigul

kontaktlari
6
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ikki va undan ortiq tillarning til 
sathlari o`rtasidagi o`zaro munosabati va ta’siri tushunchasi ostida til aloqalari 
5
AvrorinV.A Ko`rsatilganasasar 
6
Линвистический энциклопедический словарь.-Москва:Больщая Россиская энциклопедия,2002.-С.237. 


ifodalagan hodisalar anglanadi. Shu o`rinda til kontaktlari va kontakt til 
atamalarini o`zaro farqlash lozim.
Kommunikat 
va 
kommunikant 
o`rtasidagi 
o`zaro 
lingvistik 
munosabatni yuzaga chiqaruvchi til kontakt til
7
 deb hisoblanadi. Bunda ikki holat 
o`zaro farqanadi:
1. Kontakt til - aloqaga kirishgan millatlardan birining tili. Mazkur
jamiyatdagi lingvokommunikativ muloqot vaziyatga ko`ra birinchi yoki
ikkinchi millat tilida bo`lishi mumkin.
2. O`zaro aloqaga kirishuvchi har ikki millatning tillari ham kontakt
til hisoblanmasligi mumkin. Bunda kommunikativ munosabat uchinchi
til orqali amalga oshiriladi. Bunday h olatlarda kontakt til
vositachitil
8
deb yuritiladi.
Til 
aloqalari 
tushunchalarini 
ifodalovchi 
terminlardan 
yana 
biri 
bilingvizmdir. Bilingvizm (ikkitillilik, zullisonaynlik) ikki tilda bemalol muloqot 
qilish, ikki tilning sohibi bo`lishdir. Ikki tilda o`zaro kommunikativ munosabatga 
kirishuvchi shaxslar bilingvlar 
9
 hisoblanadi. Til interferensiyasi ham shunday 
terminlardan biridir. Til interferensiyasi ona tiliga xos xususiyatlarni ikkinchi 
tilda ixtiyorsiz ravishda qo`llab yuborishdir.
Til konvergensiyasi termini esa tillarning tarixiy bog`lanishi, kontaktlar 
(to`qnashuv) natijasidagi yaqinlashuv va o`xshashlikning paydo bo`lishini ifoda 
etib, qarindosh hamda noqarindosh tillarda yuz beradi.

Download 383.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling