“Har bir ota-ona o‘z farzandlariga odobu-axloqdan boshqa narsa bera olmaydi”, “Farzandlaringa odob beringlar va odobini chiroyli qilinglar”
Download 16.8 Kb.
|
Har bir ota
Har bir ota-onaning burji va vazifasi farzandimni komil inson qilib jamiyatimizga hizmat ko’sratadigan qilib yaratish uchun farzandning qiziqishlarini inobatga olishligi u bilan ham dost bo’lishligi muhim masaladur. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Har bir ota-ona o‘z farzandlariga odobu-axloqdan boshqa narsa bera olmaydi”, “Farzandlaringa odob beringlar va odobini chiroyli qilinglar” deb aytgan hadislariga amal qilish har bir ota-onaning muqaddas vazifasi va burchidir. Komil inson bu o’zi – jamiyat va insoniyatning eng katta yutug‘i. Har bir inson birinchi tarbiyani ota-onasidan oladi. Oilada otaning oqilligi, onaning mehri, yaqinlarning oqibati bolalar uchun eng yaxshi ibratdir. Hatto, polapon qushchalar ham uchirma bo‘lishni ota-onasidan o‘rganadi. Ularning yuksaklarga parvoz qilishi ota va ona qush uchun eng quvonchli yutuqdir. Demak, shaxs kamolotida ota-ona o‘z mas'uliyatini chuqur his etmog‘i lozim. Ammo afsuski, ota-onalar orasida bunday fikrlamaydiganlar ham uchraydi. Ayrimlar ota-onaning vazifasi – bolani boqish, kiyintirish va moddiy ta'minlash deb biladilar. Ta'lim-tarbiya ishi esa muallimning zimmasida deb tushunadigan bunday ota-onalar hatto farzandining qaysi fanga qiziqishi, qanday orzulari bor ekanini ham yaxshi bilishmaydi. Bunday oilada ustozning qattiqqo‘l va talabchanligini ham noto‘g‘ri tushunadilar. Ota-ona o‘z farzandi uchun bamisoli bemorlarga nisbatan, mohir tabibdir yoki o‘z bog‘iga e’tiborli tajribali bog‘bondek bo‘lishlari kerak. Zero, farzand har bir ulg‘aish bosqichida har xil xususiyatlarg ega bo‘lib boradi. Farzandlarining ulg‘ayish jarayonida ota-ona o‘z o‘g‘il va qizlariga juda e’tiborli bo‘lishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi texnologiya rivojlangan bir vaqtda nazoratsiz, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan yoshlar har xil noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishi ham mumkin. Ota-onalar o‘z farzandlari bilan to‘g‘ri, oqilona maslahatlar berib, xuddiki eng yaqin do‘st va o‘rtog‘dek muomalada bo‘lishlari lozim. Ota-onalar o‘z farzandlariga bir xil munosabatda bo‘lishlari kerak. Farzandlarini qobil va solih inson bo‘lishlari uchun mas’uldirlar. Download 16.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling