shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda n tovushi ba’zan qanday aytiladi va qanday yoziladi?
n aytiladi va shunday yoziladi.
ba'zan talaffuzda tushib qoladi
m aytilsa xam, n yoziladi.
n harfidan keyin kelgan undoshga tasir o'tkazadi
baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda qaysi tovushlar ba’zan aytilmasa ham, yoziladi?
d,b
d, t
b,p
z,s
O‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladigan so'zlar qatorini belgilang.
barg, baxt
ost,old
metall, kilogramm, kilovatt, kongress
ort,tort,to'rt
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda tutuq belgisining vazifasi nima?
unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi
unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi
tinish belgisi sifatida qo'yiladi
to'g'ri javob yo'q
mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisi qanday tartibda qo'yiladi?
o‘ unlisi cho‘ziqroq aytiladi va tutuq belgisi qo'yiladi
ikkinchi bo'gin tarkibidagi a unlisidan so'ng tutuq belgisi qo'yiladi
to'g'ri javob yo'q
o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi
Tutuq belgisi unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yilgan so'zlar qatorini belgilang.
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim
in’om, san’at, qat’iy, mas’ul
ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor
e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l
"O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari"da asos va qo'shimchalar imlosi nechanchi bandlarni o'z ichiga oladi?
30-45
35-40
33-37
30-48
Do'stlaringiz bilan baham: |