Toshkent viloyati 23,1 foiz
Download 19.58 Kb.
|
statistika elektr energiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiyani ishlab chiqarish
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 milliard kilovatt/soatga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 9 foizga teng bo‘ldi. Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida: Toshkent viloyati 23,1 foiz; Sirdaryo viloyati 22,7 foiz; Qashqadaryo viloyati 19,2 foiz; Navoiy viloyati 15,7 foiz ulushga ega. O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2018-yildagi 61 milliard kilovatt/soatdan 2030-yilga kelib 100 milliard kilovatt/soatdan ortiqqacha o‘sishi kutilmoqda. Hozirda mamlakatda 250 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va tarqatish tarmoqlari mavjud. Ularning aksariyati Sovet Ittifoqi davrida qurilgan va ularning ekspluatatsiya muddati ancha vaqt oldin tugagan. Shu sababli energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon banki O‘zbekistonda elektroenergetikani rivojlantirish uchun 380 million dollar ajratdi. Daryo.uz Qayd etilishicha, bugun mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 10 foizni tashkil etadi, qolgan 90 foizi an'anaviy manbalardan ishlab chiqarilmoqda. “Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadiga erishish uchun qayta tiklanadigan manbalarning shamol va quyosh energiyasi kabi ustuvor turlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan texnologiyalarni o‘zlashtirish, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shamol energetikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston geografik joylashuvi va iqlim sharoiti bois ushbu yo‘nalishda ulkan salohiyatga ega. O‘zbekiston QTE yo‘nalishini izchil rivojlantirish maqsadida shamol generatorlarini bunyod etish, ulardan foydalanish bo‘yicha raqobatbardosh shartlarni taklif qilayotgan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”, - deyiladi ma'lumotda. 2020 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida investitsiyaviy shartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini (ShES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va undan foydalanishni ta'minlaydi. Bu «Masdar» tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyiha. O‘tgan yil oktyabr oyida kompaniya davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan. Loyiha bo‘yicha tegishli kelishuvlar 2020 yil yanvar oyida imzolangan. “Energetika vazirligi mutaxassislari O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish loyihasini amalga oshirish 600 million dollardan ortiq miqdordagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 1 ming 300ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyatini berishini ta'kidlamoqda. Elektr stansiyaning foydalanishga topshirilishi yiliga 1,8 gVt/soat miqdorida arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qilish va mustahkamlashga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xo‘jaligining ehtiyojini qoplaydi, deganidir. Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etish elektr energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kub metrgacha kamaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu, shuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boshqa ehtiyojlarga yo‘naltiriladi, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid sezilarli darajada (yiliga 1,1 million tonna) kamaytiriladi, degani”, — deyiladi vazirlik ma'lumotida. Qayd etilishicha, yangi obektni qurish ishlarini 2021 yil oxiriga qadar boshlash ko‘zda tutilmoqda. 2023 yil aprel oyida ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi bosqichi (250 MVt.gacha) va 2024 yil oxiriga qadar barcha quvvatlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Joriy yil sentyabr oyida «Masdar» kompaniyasi Navoiy viloyati Tomdi tumanida shamol salohiyatini o‘rganish uchun to‘rtta meteorologik ustun o‘rnatdi. Bu viloyatda 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Kelajakdagi shamol elektr stansiyasining qurilish maydonida shamol salohiyatini o‘rganish natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslash ishlarini yakunlashga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro moliya institutlari bilan kredit shartnomalari tuzish uchun asos bo‘ladi, deyiladi xabarda. Kun.uz Elektr energiyani ishlab chiqarish Elektr energiya ishlab chiqaradigan qurilmalarni elektr stansiyalar deyiladi. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun qandaydir birlamchi energiyani sarf qilish kerak. Issiqlik elektr stansiyalarida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘ilar ishlatiladi. Gidroelektrstansiyalar daryolarda qurilib, suvning bosimi bilan ishlaydi. Shamol bilan ishlaydigan elektr stansiyalar ko‘proq Xitoy va Germaniyada qurilgan. Hozirgi davrda quyoshning energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyaga aylantiriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun Yer yuzida ishlatiladigan xomashyo kamligi uchun atom elektr stansiyalari qurilgan va qurilmoqda. O‘zbekistonda elektr stansiyalarning quvvati 12 mln kW dan ortib ketdi. 1 million kW dan oshiq gidroelektrstansiyalar ishlab turibdi. Sirdaryo GRESning quvvati 3 mln kW, Chorvoq GESning quvvati 600 ming kW va Тoshkent GRESining quvvati 1,9 mln kW. Uzoq joylarda elektr energiya ishlab chiqarish uchun olib yuriladigan, suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan elektr stansiyalar ham ishlab chiqariladi. Download 19.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling