Har qanday qalbni ochishi


To`yingan bir atomli spirtlar


Download 0.76 Mb.
bet2/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#184393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu; �����

To`yingan bir atomli spirtlar

 Alkan molekulasidagi bitta vodorod atomini gidroksil (OH) guruhga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan organik birikmalarga to‘yingan bir atomli spirtlar deyiladi. Ular CnH2n+1 OH umumiy formulaga ega.

Spirtlar ham o‘z gomologik qatoriga ega bo‘lib, bir vakilining tarkibi o‘zidan oldingi va keyingilaridan CH2(metilen)— guruhga farq qiladi.



Nomenklaturasi va izomeriyasi. Spirtlar ratsional nomenklatura bo‘yicha radikal nomiga spirt so‘zini qo‘shib o‘qish bilan hosil bo‘ladi

CH3OH metil spirti

C2H5OH etil spirti

C3H7OH propil spirti

Sistematik nomenklatura bo‘yicha spirtlarni nomlashda:

1. Gidroksil (OH) guruh tutgan eng uzun uglerod zanjiri asosiy uglerod zanjiri sifatida tanlab olinadi.

2. Asosiy uglerod zanjirini raqamlash gidroksil guruh yaqin tomondan boshlanadi.

3. Spirtlar nomi tegishli to‘yingan uglevodorodlar nomiga «ol» qo‘shimchasini qo‘shib o‘qiladi.

4. Eng so‘ngida gidroksil guruh qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko‘rsatiladi:

Spirtlarda gidroksil guruh birlamchi uglerod atomiga bog‘lansa birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomiga bog‘lansa ikkilamchi spirt va uchlamchi uglerod atomiga bog‘lansa uchlamchi spirt deyiladi.




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling