1-Ma'ruza
BIR VA KO’P ATOMLI SPIRTLAR
Reja:
Bir va ko’p atomli spirtlarlarning gomologik qatori
Molekulasida bir yoki bir necha gidroksil guruhi tutgan uglevodorodlarning hosilalariga spirtlar deyiladi. Spirtlar ochiq zanjirli va halqali, to‘yingan va to‘yinmagan bo‘ladi.
Bir atomli to‘yingan spirtlarning gomologik qatori 12-jadvalda keltirilgan bo‘lib, ularning umumiy formulasi CnH2n+1OH yoki CnH2n+2O bilan ifodalanadi. Gidroksil guruhining birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi uglerod atomi bilan bog‘langanligiga qarab spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo‘ladi:
Nomlanishi va izomeriyasi
Ko‘pincha spirtlarning nomlari gidroksil guruh bilan bog‘langan uglevodorod radikali nomiga spirt so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi:
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra bir atomli to‘yingan spirtlarga alkanollar deyiladi va ularning nomlari tegishli alkan nomiga –ol qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Gidroksil guruhi bilan bog‘langan uglerod atomining raqami spirt nomining oldiga yoki oxiriga qo‘yiladi. Spirt bosh zanjirini raqamlash gidroksil guruhi yaqin turgan tomondan boshlanadi:
Alkanollarda tuzilish izomeriyasining ikki turi (uglerod skeletining izomeriyasi va gidroksilning holat izomeriyasi) uchraydi. Masalan, C4H9OH butil spirtining bir-biridan uglerod skeletining tuzilishi va gidroksil guruhining zanjirdagi holati bilan farq qiladigan to‘rtta izomeri bor:
Molekulasida uglerod atomlari sonining oshishi bilan spirtlarda izomerlar soni tez oshib boradi. Masalan: C5H11OH ning 8 ta, C6H13OH ning 17 ta, C7H15OH ning 39 ta, C10H21OH ning esa 507 ta izomeri bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |