Bir va ko’p atomli spirtlar reja: Bir va ko’p atomli spirtlarlarning gomologik qatori Nomlanishi va izomeriyasi


Download 57.13 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi57.13 Kb.
#1518059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bir va ko’p atomli spirtlar reja Bir va ko’p atomli spirtlarlar

Glikollar alkanlarning turli uglerod atomlari bilan bog‘langan ikkita gidroksil guruhi bor hosilalaridir. Gidroksil guruhlari bitta uglerod atomi bilan bog‘langan gem-diollar beqaror bo‘lib, suvni oson ajratadi (Erlenmeyer qoidasi). Shuning uchun metandiol (metilenglikol) faqat suvdagi eritmalarda barqarordir. U erkin holatda oson degidratlanib, formaldegidga aylanadi:

Xuddi shuningdek boshqa gem-diollarni ham erkin holatda ajratib olishning iloji yo‘q. Chunki ular hosil bo‘lishi bilan aldegid va ketonlarga aylanadi. Faqat kuchli elektronakseptor o‘rinbosarlarni tutgan ba’zi gem-diollargina erkin holatda ham barqarordir:


Ko‘p atomli spirtlar
To‘rt atomli spirtlar eritritlar, besh atomli spirtlar pentitlar,olti atomli spirtlar esa geksitlardeyiladi. To‘rt atomli spirtlardan pentaeritrit (tetragidroksineopentan) amaliy ahamiyatga ega. U chumoli va sirka aldegidlaridan olinadi:
Pentaeritrit 263,5oC da suyuqlanadigan, suvda eriydigan, rangsiz kristall modda bo‘lib, alkanollarning barcha kimyoviy xossalarini (ajralish reaksiyalaridan tashqari) namoyon qiladi. U sanoatda poliefirlar va portlovchi moddalar (pentaeritrit tetranitrati) olishda ishlatiladi.
Pentitlarning muhim vakili ksilit ksilozani qaytarib olinadi:
Ksilitsuvda eriydigan, shirin ta’mli, gigroskopik kristall modda. Uni organizm hazm qila olmaydi. Shuning uchun u qandli diabetga chalingan kasallar uchun qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda shakar o‘rnida ishlatiladi. Ksilit qog‘oz va atir-upa sanoatida, shuningdek, ksi-ftal alkid smolalar, sirt-faol moddalar, noionogen detergentlar, yelimlar va boshqa mahsulotlarni olishda qo‘llaniladi.
D-sorbit 110-111oC da suyuqlanadigan, suvda eriydigan, shirin ta’mli modda bo‘lib, ko‘pchilik mevalarda (ayniqsa ryabina unga boy) uchraydi. U D-glyukozani NaBHyoki katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan qaytarganda hosil bo‘ladi:
Olinish usullari
Alkanollarning olinish usullari turlicha bo‘lib, ularning eng muhimlari bilan tanishamiz:
Monogalogenalkanlarni ishqorning suvdagi eritmasi bilan gidrolizlash:
galogenalkan spirt
Ishqorlar gidroliz tezligini oshiradi va reaksiyani qaytmas qiladi. Sanoatda bu usul bilan amil (pentil) spirtlari aralashmasi olinadi:
Alkenlarni katalitik gidratlash. Alkenlarning suv bilan reaksiyasidan spirtlar olinadi. Masalan, etilendan birlamchi, uning gomologlaridan esa ikkilamchi va uchlamchi spirtlar hosil bo‘ladi:
Alkenlarning suv bilan reaksiyasi H2SO4, H3PO4, ZnCl2 va boshqa katalizatorlar ishtirokida qizdirish orqali olib boriladi.
3. Karbonil birikmalarni qaytarish. Ni, Pt va Pd katalizatorlar ishtirokida vodorod yoki Li+AlH4-, Na+BH4- bilan qaytarilganda aldegidlardan birlamchi, ketonlardan esa ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi:
Karbon kislotalarning murakkab efirlari vodorod bilan nikel katalizatori ishtirokida va Na + C2H5OH yoki LiAlH4 bilan qaytarilganda birlamchi spirtlar hosil bo‘ladi:
Metallorganik birikmalar orqali sintez qilish. Metallorganik birikmalar aldegid va ketonlarga oson birikib, hosil qilgan mahsulotlarining suv bilan reaksiyasidan birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar olinadi:

5. CO va H2 dan olish. Reaksiyada ishlatiladigan katalizator, reaksiya harorati va reagentlar (CO va H2) ning nisbatiga qarab, metanol va turli to‘yingan alkanollarning aralashmasi (sintol), shuningdek metan va boshqa uglevodorodlar aralashmasi hosil bo‘ladi:
Murakkab efirlarni gidrolizlash va qaytarish orqali ham spirtlar olish mumkin (tegishli mavzularda yoritilgan).
Biokimyoviy usul bilan sanoatda etil spirit olinadi.
Yog’ochni quruq haydash orqali metal spirit olinadi.
Fizikaviy xossalari
Alkanollar rangsiz birikmalardir. C1-C11 alkanollar suyuq, C12-C20 − moysimon, C21 va undan yuqori vakillari qattiq moddalar. Quyi alkanollar o‘ziga xos hidga ega. Butanollar, pentanollar va C6-C11 alkanollar badbo‘y, yuqori alkanollar esa hidsiz birikmalar.

Download 57.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling