Bir va ko’p atomli spirtlar reja: Bir va ko’p atomli spirtlarlarning gomologik qatori Nomlanishi va izomeriyasi


Download 57.13 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi57.13 Kb.
#1518059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bir va ko’p atomli spirtlar reja Bir va ko’p atomli spirtlarlar

Fizikaviy xossalari, tuzilishi


Metilamin, dimetilamin va trimetilamin suvda yaxshi eriydigan gazlar, qolgan quyi aminlar ammiak hidli suyuqliklar, yuqori aminlar esa suvda erimaydigan, hidsiz qattiq moddalardir. Ba’zi aminlarning fizikaviy doimiyliklari jadvalda keltirilgan.
Aminlar molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil qiladi, ammo N-H bog‘
O-H bog‘ga nisbatan kuchsiz qutblanganligidan aminlardagi vodorod bog‘lanish alkanollardagi vodorod bog‘lanishga nisbatan kuchsizdir. Shuning uchun alkilaminlar tegishli alkanollarga nisbatan past haroratda qaynaydi:
Ba’zi aminlarning fizikaviy doimiyliklari


Nomi

Suyuqlanish harorati0C

Qaynash harorati, 0C

Nisbiy zichligi,
d420

Metilamin
Dimetilamin
Trimetilamin
Etilamin
Dietilamin
Trietilamin
n-Propilamin

n-Butilamin
n-Pentilamin
n-Geksilamin

-92,5
-96
-124
-80,6
-50
-114,8
-83
-104,5
-55
-19

-6,5
7,4
3,5
16,6
55,8
89,5
48,7
63
104,4
130

0,6620
0,654
0,6320
0,689
0,7056
0,7293
0,7190
0,7246
0,7547
0,763

Kimyoviy xossalari


Aminoguruh –I-effekt namoyon qiladigan o‘rinbosar bo‘lib, aminlarning kimyoviy reaksiyalari asosan shu guruh hisobidan boradi.
1. Asosligi. Alkilaminlar - kuchli asoslar sifatida ma’dan kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi.

2. Kislotalik xossasi. Birlamchi va ikkilamchi aminlar ammiakdan ham kuchsiz (pK»33-35) NH-kislotalardir. Ularning kislota xossalari ishqoriy metallar va metallorganik birikmalar bilan reaksiyaga kirishganida namoyon bo‘ladi:
2 RNH+ 2Na → 2 RNHNa + H2
3. Elektrofil reagentlarning ta’siri. Aminlar kuchli nukleofillar bo‘lganligi uchun turli elektrofillar bilan reaksiyaga oson kirishadi.
A. Atsillanishi. Birlamchi va ikkilamchi aminlar karbon kislotalar, ularning angidridlari, xlorangidridlari yoki murakkab efirlari bilan qizdirilganda atsillanib, N-almashingan amidlarni hosil qiladi:

B. Oksidlanishi. Peroksidlar (HOOH, ROOH, ROOR) bilan yumshoq sharoitda oksidlaganda aminlarning N-oksidlari hosil bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi aminlarning N-oksidlari gidroksilamin hosilalariga qayta guruhlanadi:
Qattiqroq sharoitda oksidlaganda iminlar hosil bo‘ladi:
Iminlar suvli muhitda gidrolizlanib, aldegidlarni hosil qiladi:
R – CH=NH + H2O → R – CHO
Demak, alkilaminlarni oksidlab, karbonil birikmalar va karbon kislotalarni olish mumkin.
1-Tajriba
Setup phase
Ishdan maqsad: Laboratoriya sharoitida nitro birikmalarning olinish usullarini va xossalarini o’rganish hamda ularni amalda bajarib ko’rsatish.

Download 57.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling