Har XIL janrlarda ishlagan Sharq va g ‘arb rassomlari badiiy asarlaridan nusxa ko‘chirish Mashg’ulot turi


Rang surtmalarini qо‘yish va yedirib ishlash (lessirovka)


Download 108.77 Kb.
bet4/8
Sana08.01.2022
Hajmi108.77 Kb.
#238773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-мавзу амалий

Rang surtmalarini qо‘yish va yedirib ishlash (lessirovka)

Kompozitsiyadagi moybо‘yoq va boshqa bо‘yoqlarda eng oxirgi tо‘q va yorqin rang-tusni hosil qilish jarayoni uchun yupqa, suyuq va yarim suyuq qatlamning yedirma usulida surkalishi lessirovka deb ataladi. Suyuq va yupqa yedirib surkalgan ranglar tasvirning mayda shakl bо‘laklari va soya yorug‘iga ta’sir kо‘rsatmay faqat pastki qatlamidagi rangning nafis, yorqin kо‘rinish hosil qilishiga olib keladi. Yarim quyuq yedirib ishlashda esa tiniqlik darajasiga qarab shakl mayda bо‘laklariga sezilarli ta’sir qilishi mumkin. Ranglarni yedirib ishlashning har xil usuldagi rangtasvir kompozitsiyalarda qо‘llash mumkin, lekin bu asosan maxsus xomaki bо‘yoq berib tayyorlangan gruntlarda yaxshi natija beradi. Bu holda xomaki bо‘yoq berish usuli tasvirning tugallangan holatiga mо‘ljallanib nisbatan yorug‘roq yoki sovuqroq bо‘lishi mumkin va keyingi yedirib ishlangan rang qatlami ostki qatlamdagi och va sovuq ranglarni kuchliroq tuslar kо‘rinishiga olib keladi.

Ranglarni yedirib ishlash usulida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bо‘ladi:

- bо‘yoqni suyultirish uchun tabiiy yoki quyultirilgan holdagi moylar, moyli loklar ishlatiladi;

- bir xildagi rangning о‘zi yoki boshqa ranglar bilan aralashtirilgan holda yedirib ishlanishi mumkin;

- yorqinroq va kuchliroq tus hosil qilish va yorqin bо‘yoqlarni sо‘ndirish maqsadida ham bо‘yoqni yedirib ishlash usulini qо‘llash mumkin;



- tus bо‘yicha yedirib ishlangan rang qancha suyuq bо‘lsa shuncha och kо‘rinishda bо‘ladi, buning ustiga gruntovka ham och bо‘lishi kerak. Mana shu yuzada esa tо‘q tus hosil qilish uchun tо‘q va quyuq bо‘yoqlarda yedirib ishlanadi;

- rassom oldiga qо‘ygan maqsadiga qarab ranglarni yedirib ishlash bir marta va kо‘p martalab ustma-ust surkalishi mumkin;

- suyuq bо‘yoqda yedirib ishlanganda bо‘yoqni bir tekisda surkash mо‘yqalam, ipak mato parchasi, qо‘l kafti va h.k..lar bilan surkash orqali bajariladi. - quyuq tayyorlangan bо‘yoqni esa keng va yumshoq mо‘yqalam (fleys) bilan surkash orqali maqsadga erishish mumkin;

- yedirib ishlangan bо‘yoqlarni yaxshilab quritish lozim;

- bо‘yoqni keragidan kо‘p yedirib ishlanganda rangtasvir qorayib ketadi;

- buzib qо‘yilgan bо‘yoq qatlamini yumshoq non mag‘zi va paxta yordamida tozalash mumkin;

- ranglar yedirib ishlanganda oldindan silliqlanib tayyorlangan xomaki bо‘yoq berilgan gruntovka ustiga yaxshi yopishadi.

Bо‘yoqlarda yedirib ishlangan rangtasvir optika qonunlariga asosan g‘ayrioddiy tо‘yinganlik va jarangdorlik bilan bо‘yoqlarga о‘ziga xos chiroy baxsh etadi. Yedirib ishlangan bо‘yoqlar tarkibiy tuzilishi tufayli yorug‘likni sо‘ndirish xususiyatiga ega. Shuning uchun nurni sо‘ndirishdan kо‘ra kо‘proq qaytaruvchi bо‘lgan alla prima texnikasida ishlangan kartinalarga yoritish uchun nisbatan kuchliroq yorug‘lik berilishi talab etiladi. Jilosiz, yaltiramaydigan bо‘yoqlarda erishish mumkin bо‘lgan fazoviylikni yedirma usulida ishlangan rangtasvirda bera olish qiyin. Bu usulda berilgan rang tuslari oldinga chiqib ketadi, shuning uchun osmon kо‘rinishlarini bо‘yoqlarda yedirib ishlanmaydi. Shuningdek yarim yedirib ishlash usulini yarim quyuq qatlamda ham qо‘llasa bо‘ladi.



  • optik asosdagi och yarim suyuq bо‘yoq tuslari tо‘q yuzaga surkalganda sovuq tusning rangdagi nozik farqlarini beradi;

  • shu tusdagi oq yuzaga berilganda iliq rangdagi nozik farqlanadigan tuslarni beradi; Masalan: buyuk rassomlar inson tanasi rangtasvirini ishlashda jigarrang tо‘q gruntga yarim suyuq och bо‘yoqlar berish bilan kulrang tuslarni hosil qilishgan.

Kо‘p qatlamli rang qо‘yish usulini qо‘llab rangtasvir asari ustida ishlashni davom ettirish. Tugallanish bosqichida asardagi mayda bо‘laklarga ishlov berilib, surat shakli aniqlanadi. Shu bilan birgalikda shuni ham esdan chiqarmaslik kerakk‑ki, rangtasvirda ramziylik, hissiyot va ruhiyatga kо‘proq urg‘u berilib, asarda rassom о‘zining noyob fikri, shaxsiy dunyoqarashi va о‘zligini namoyon qila olishi muhim ahamiyatga ega1. Suratdagi kamchilik ma’ruza qismida kо‘rib о‘tilgan qoidalar asosida tuzatilib chiqiladi. Tugallanish bosqichidagi umumlashtirish ishlari bajariladi.


Download 108.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling