Har XIL janrlarda ishlagan Sharq va g ‘arb rassomlari badiiy asarlaridan nusxa ko‘chirish Mashg’ulot turi
Download 108.77 Kb.
|
8-мавзу амалий
Dastlabki xomaki bо‘yoq berish
Kartinaga dastlabki xomaki bо‘yoq berish bundan keyin uning ustidan qо‘yiladigan keyingi bosqichdagi qо‘yiladigan ranglar uchun dastlabki poydevor vazifasini о‘taydi. Xomaki bо‘yoqni har xil bо‘yoqlarda berish mumkin. Agar akvarelda bajarilsa, grunt emulsiyali bо‘lishi kerak. Shuningdek akvarel faqat kichik hajmdagi asarlardagina qо‘llaniladi, bundan tashqari ustidan lak surkalgan akvarel bо‘yog‘i tusi, moybо‘yoq tusidan juda farq qiladi. Shuning uchun akvarelda bajarilgan xomaki bо‘yoq ustidan butunlay moybо‘yoq bilan yopib chiqilishiga tо‘g‘ri keladi. Temperada bajarilgan xomaki bо‘yoq ustidan lak surkalgandan keyin moybо‘yoqqa nisbatan yorqinroq va jozibaliroq bо‘lib kо‘rinadi. Rangtasvir ishlayotganda buni albatta hisobga olib qо‘yish kerak. Temperada bajariladigan xomaki bо‘yoq suyuq va albatta yuqa holda surkalishi lozim. Moybо‘yoqda ishlashdan oldin xolst yuzasini 4 foizli jelatin eritmasi bilan, keyin rangsiz lok bilan yopib chiqish kerak bо‘ladi. Bir necha kun о‘tib, lok qurigandan keyin moybо‘yoqda ishlashni boshlash mumkin. Moybо‘yoqda dastlabki xomaki bо‘yoq berish yelimli yoki yarim yelimli gruntlarda bajariladi. Gruntning rangi har xil: oq, kulrang, shuningdek har xil och tо‘qlikdagi rangli gruntlar kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Efir moyi, skipidar, neft va h.k... lar bilan suyultirilgan moybо‘yoqning xolstga ishqalab surkalishi rangtasvirda dastlabki xomaki bо‘yoq berishning kо‘p va unumli qо‘llaniladigan usuli hisoblanadi. Bо‘yoqning yupqa qatlami bilan kartinadagi shakl, umumiy kompozitsiyaning koloriti aniqlab olinadi. Agar bо‘yoq tez quriydigan bо‘yoqlar turkumiga mansub bо‘lsa, bu usulda ishlash tezlikni talab qiladi. Dastlabki xomaki bо‘yoq berishda mashhur rassomlar kompozitsiyadagi shakl, alohida bо‘laklarni joylashtirish, qurishga butun e’tiborini qaratib, uni rangtasvirning dastlabki qoralama varianti deb hisoblashgan. Koloritga kelsak, xomaki bо‘yoq berish uning uchun kerakli asos bо‘lib xizmat qiladi va unga tayangan holda ish oxirida kartinadagi о‘zaro uyg‘unlik yaratiladi. Rangtasvirdagi xomaki bо‘yoq berish jarayoni mumkin qadar kompozitsiyaning tugallanish bosqichini kо‘zdan qochirmagan holda olib borilishi kerakligini talab qiladi. Kо‘pqatlamli rangtasvir ishlash uchun qadimdagi mashhur rassomlar yuqori darajada egallagan optikaning oddiy qonunlarini yaxshi bilish juda muhim. Masalan: tо‘q rangli gruntlarga iliq tusli ranglarni berish grunt yuzasi ustidagi bо‘yoq tusining iliqlashishiga sabab bо‘ladi; sovuq tusning ustiga iliq ranglarni va aksincha iliq tuslar ustiga sovuq ranglarni qо‘yilsa iliq ranglar iliqligi, sovuq ranglar sovuqligi jihatidan kuchsizlanib borishini kо‘ramiz. Birinchi qatlam qurib bо‘lgandan keyingina bо‘yoqning ikkinchi qatlamini berishga о‘tiladi. Xomaki bо‘yoq temperada berilganda u boshqa bо‘yoqlardagiga qaraganda tezroq tayyor bо‘ladi. Agar kerak bо‘lganda qaytadan xomaki bо‘yoq berilgan yuza yaxshilab tozalanib, maxsus kurakcha yoki jilvirtoshlar bilan silliqlanadi. Bu jarayondan keyin xomaki bо‘yoq surkalgan xolst nam doka bilan tozalanib, keyin yaxshilab quritiladi. Tekislab, tozalangan, silliqlangan yuzada avvalgi qatlamdagi qurigan moybо‘yoq qatlami bundan keyin surkaladigan bо‘yoqlarni о‘ziga singdirishi uchun oq bо‘yoq qо‘shilgan moy bilan artib chiqiladi. Moy о‘rniga skipidar bilan aralashtirilgan suyuq va iliq holdagi venetsiya terpentini (balzam) yoki lakning skipidarda eritilgan suyuq aralashmasi bilan ham yopib chiqilishi mumkin. Rangtasvirda bо‘yoqlarni suyultirish ham tarkibida efir moylari mavjud bо‘lgan loklar yordamida bajariladi. Rangtasvirda ishlashning keyingi ikkinchi bosqichida rang berish lessirovka usulida bajariladi yoki bо‘yoqlar yupqa qatlamda qо‘yiladi. Bu yerda bо‘yoqlarni surkashning qadimiy prinsiplariga rioya qilinib, rangtasvir uchun lok yoki quyultirilgan moylar ishlatiladi. Download 108.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling