Sifat
1. Qaysi qatordagi so’zlar faqat sifatlardan iborat?
A) yetuk, sharqiroq, yosh
B) so’lg’in, turg’un,
majburan
C) sotqin, to’lqin, bilimdon
D) ertalab, toshqin, shifobaxash
2. Qaysi so’zlar sifatga mansub?
A) teshik, tuzoq, o’roq
B) qo’rqoq, yumuq, siniq
C) kichik, chiniq, yutuq
D) kurka, sochiq, yumoq
3. Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni aniqlang.
A)
tim qora, qip-qizil, oqish
B) sarg’ish, ko’kimtir, qoramtir
C)
yumshoqqina, och yashil, to’q, ko’k
D) juda baland, g’oyat yaxshi, eng kichik.
4. Qaysi sifat otlashmagan?
A) Ko’r tutganini qo’ymas, kar eshitganini.
B) –Axir,
musulmonman, aylanay!-dedi Hoja xola.
C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyining past-balandnini tekislab bo’lgandi.
D) Senga o’xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinaman.
5. Qaysi qatorda sifat berilgan?
A) keng ko’cha, yangi ko’ylak
B) otning bolasi, bolalarning kattasi
C)
shoshib gapirdi, kumush qoshiq
D) A va C
6. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping.
A) Qalqon ko’targan
jangchini uchratdim-u, lekin kitob ushlaganini ko’rmadi.
B) Axir, u bunaqa qo’li ishdan oldin oshga yuguradiganlari endi ko’riyaptimi?
C) Cho’lda haqiqiy hayot oqshomdan keyin boshlanadi.
D) Kunduzgi jaziramada in-iniga yashiringan jonivorlar salqin tushishi bilan tumshuqlarini ko’rsata boshlaydilar.
7. Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari yordamida ravishdan sifat yasash mumkin?
A) be – va no - old qo’shimchalari
yordamida
B) –gi qo’shimchasi yordamida
C) –lik qo’shimchasi yordamida
D) –li qo’shimchasi yordamida
8. Berilgan qaysi so’zlarda be- va siz qo’shimchalarini sinonim sifatida qo’llab bo’lmaydi?
A) gunoh, hafsala
B) chora, bosh
C) fayz, axloq
D) o’xshov, sabr