19.Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi sifat yasovchi vazifasini bajargan?
A) qishlik, ko’ylaklik
B) shodlik, xotrijamlik
C) to’rtlik, birlik
D) tezlik, ko’plik
20. Ikkala qismi ham yasama so’zlardan iborat bo’lgan juft sifatlar qatorini belgilang.
A) achchiq-chuchuk
B) tanish-notanish
C) past-baland
D) A va B
21. Sadoqat qop-qora barmoqday-barmoqday mayizni yeya boshladi. Ushbu gapdagi sifat darajasini aniqlang.
A) oddiy daraja,
B) qiyosiy daraja
C) orttirma daraja,
D) ozaytirma daraja
22. Predmetning o’rin yoki vaqtga ko’ra belgisini bildiruvchi sifat qaysi gapda mavjud?
A) Uyidagi qiziqarli kitoblarni olib ketdi.
B) Bog’dagi gullardan birini saraladi.
C) Qishki kiyimlarni yig’ishtirib qo’yidi.
D) A, B va C
23. Qaysi qatorda yasama sifat yo’q?
A) iliq, toyg’oq, kuyunchak
B) rahmdil, erksevar, kamgap
C) topqir, beg’ubor, noloyiq
D) chiniqqan, o’qigan, toliqqan
24. Tub sifatlarni aniqlang.
A) qoramtir, novcha, kamtar
B) go’zal, yuzaki, badavlat
C) tushki, toshsimon, haftalik
D) ozg’in, achchiq, oyday
25. Qaysi qatordagi qo’shimchalar ham ot, ham sifat yasovchi hisoblanadi?
A) –a, -oq, -k, -ik
B) –qin, -g’ich, -sh, -q
C) –qin, -lik, -g’ich, -iy
D) –ma, -iq, -ka, -i
26.Qaysi qatordagi gapda sifat otlashmagan?
A) Yomonni tanqid qiladi, yaxshi kishiga taqlid qiladi.
B) G’oliblar majlisi to’ridan joy olishdi.
C) Undan ko’ra munosibrog’ini topolmaysiz.
D) Eskilarini yamaguncha, yangilarini tezroq yasyamiz.
27. Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) –a, -ik, -oq
B) –li, -chi, -gar
C) –aki, -oq, -choq
D) –qi, -viy, -k
28. Barhayot, farg’onacha, dilkash, yapaloq so’zlari qaysi turkumga odi?
A) ot turkumiga
B) ravish turkumiga
C) olmosh turkumiga
D) sifat turkumiga
Do'stlaringiz bilan baham: |