9. Tub sifat berilgan qatorni toping?
A) kuydi-pishdi
B) jirkanch
C) haqiqiy
D) qaynoq.
10. Predmetning o’rin va paytga ko’ra belgisini bildiruvchi sifatlar qatorini toping.
A) ochiq, yosh, keksa
B) keng, katta, uzun
C) ichki, ertalabki, kuzgi
D) oq, sariq, ko’k
11.Sifat harakat belgisini bildirgan qatorni aniqlang.
A) ko’k parda, oq qog’oz, sariq gul
B) qattiq ta’sirlanmoq, yaxshi o’qimoq, sodda kiyinmoq
C) iliq tabassum, sovuq muomala, sho’x bola
D) mehribon ona, ziqna odam, yo’rg’a ot
12. Tinchliksevar qo’shma so’zi tarkibidagi yasama so’zlarning turi va sonini aniqlang.
A) 3 ta yasama sifat. 1 ta yasama ot
B) 2 ta yasama sifat. 1 ta yasama ot. 1 ta yasama fe’l
C) 2 ta yasama sifat. 1 ta yasama ot.
D) 1 ta yasama sifat
13.Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) –ch, -qi, -gir
B) –li, -chi, -gar
C) ser-, ba-,be-
D) –gich, -iq, -m.
14. Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq. Maqoldagi yasama so’zlar qaysi qatorda to’g’ri tahlil qilingan?
A) sirt, yaltiroq, qaltiroq so’zlari yasama so’z hisoblanmaydi, chunki ular tarkibidagi qo’shimchalar shakl yasovchilar
B) yaltira+q, qaltiroq+q fe’ldan sifat yasalgan
C) sir+t otdan ot yasalgan
D) maqoldagi barcha so’zlar tub so’zlar hisoblanadi.
15. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan?
A) achchiq
B) tansiq
C) ziyrak
D) qoramtir
16. Qaysi qatordagi qo’shma sifat ravish+ot birikuvidan tashkil topgan?
A) mushtumzo’r
B) hozirjavob
C) yolg’izoyoq
D) xomsemiz
17. Qaysi so’zlar turlangan?
A) yaxshidan, yomondan
B) yangidan, zimdan
C) qo’qqisdan, chindan
D) berilgan barcha so’zlar turlangan.
18. Sifat yasovchilarni aniqlang.
A) –siz, -li, -ki, -chak
B) –chi, -la, -cha, -dir
C) –um, -sh, -b, -lik
D) –chi, -moq, -bon, -m
Do'stlaringiz bilan baham: |