1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish
Download 0.52 Mb.
|
Амалий маш-улот
1-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: KOMPOZITSION KERAMIKA MATERIALLARNI ASOSIY TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING AHAMYATINI O’RGANISH Odatda, keramika sanoatida xom ashyo sifatida polimineral minerallar ishlatiladi. Masalan, kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan kaolinlar va kimyoviy - mineralogik tarkibi toza bo‘lgan olovbardosh tuproqlar, toshsimon minerallar, Yuqori temperatura ta’sirida eruvchi minerallar, keramika sanoatining noan’anaviy xom-ash’yo turlari, xar xil organik qo‘shimchalar va boshqalar. Tuproq – mayda dispers (1-0,1 mm) zarrachalardan iborat bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda qovushqoqlik xususiyatiga ega, oson shakllanadigan mineral xisoblanadi. Tabiat xodisalari- shamol, suv va boshqalar ta’sirida silikat materiallari gidrolizlanib, suv bilan birikadi va kaolinit (Al2O3. 2SiO2. 2H2O) mineralini xosil qiladi. Tuproqsimon minerallarning tarkibida ko‘pincha temir birikmalar ko‘p bo‘ladi. Keramika va olovbardosh materialar ishlab chiqarishda tuproqning tarkibida temir birikmalari kam bo‘lgan turlari tanlab olinadi. Tuproqsimon minerallarning qovushqoqlik xossasidan tashqari biriktirish, yoyilish va sochiluvchan xususiyatlari mavjud. Tuproq minerallari tabiatda oq, sariq, jigar rang, kul rang, yashilsimon, to‘q kul rang va ba’zi xollarda qora rangda bo‘lishi xam mumkin. Ularning rangi mineral tarkibidagi qo‘shimchalar va organik birikmalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq minerallariga termik ishlov berilganda tarkibidagi qo‘shimchalar va organik birikmalar kuyib ketadi va rang qoldirmaydi. Termik ishlov ta’sirida tuproq minerallari strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 400oS atrofida konstitutsion suvning yo‘qolishi, 600oS atrofida massa tarkibidagi boshqa minerallar bilan ta’sirlashish xodisalari kuzatiladi. Tuproq minerallari orasida bentonit tuproqlari xam alohida axamiyatga ega. Bentonit tuproqlari vulqon xodisasidagi kullar yoki tuffitlarning kimyoviy o‘zgarishlar natijasida xosil bo‘ladi. Ularning tarkibi doimiy emas. Ularning rangi oqdan to‘q jigar ranggacha bo‘lishi mumkin. Tabiatda natriyli, kaliyli turlari uchraydi. Asosiy minerali montmorillonit, qo‘shimcha sifatida kvars, karbonatlar, slyuda, dala shpati va boshqalar xam uchrashi mumkin. Bentonit minerallari Yuqori disperslikka va qovushqoqlikka ega, xamda suv yutuvchanlik xususiyati Yuqoriligi bilan xam xarakterlanadi. Keramik massa tarkibiga 4% gacha qo‘shilganda massaning qovushqoqligini oshiradi va shakllanish jarayonini osonlashtiradi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling