1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish
Download 0.52 Mb.
|
Амалий маш-улот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala echish uchun variantlar
- 3-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: FURFUROL SANOATI KUB CHIQINDILI POLIMER QO’SHIMCHA KIRITIL GAN KOMPOZITSION MATERIALLARNING TARKIBINI O’RGAISH
Masala echish uchun variantlar
2-masala. Qumning namligi 3 va 4 % bo‘lganda hajmining o‘zgarishi hisoblansin. Qumning quruq holdagi to‘kma zichligi 1490 kg/m3, nam holdagi zichligi mos ravishda 1195 va 1155 kg/m3. Masalani echish uchun 3 va 4% namlikka ega bo‘lgan qumning massalarini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanamiz:
Demak 3 va 4 % namlikka ega bo‘lgan 1 m3 qumning massalari: kg kg Nam xoldagi qumning xajmini quyidagi formuladan topiladi: Formuladan foydalanib, 3 va 4% namlikka ega bo‘lgan 1 m3 qumning xajmini aniqlaymiz: m3 m3 Masala echish uchun variantlar
3-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: FURFUROL SANOATI KUB CHIQINDILI POLIMER QO’SHIMCHA KIRITIL GAN KOMPOZITSION MATERIALLARNING TARKIBINI O’RGAISH Asfalt-beton shag‘al yoki chaqiq tosh, qum, mineral kukuni va bog‘lovchi bitumni maxsus texnologiya asosida qorishtirib va zichlab yotqizilgan qurilish ashyosidir. Zichlab yotqizilgan asfalt-beton soviydi, keyin mustahkamlashadi. Mineral ashyolar bilan bitum qorishtirilgandan keyin murakkab fizik-mexanik jarayon boshlanadi. Asfalt-betonning sifati uning tarkibidagi ashyolarning xossalariga bog‘liq. Bitumli bog‘lovchilar asosida olinadigan barcha Qurilish materiallarining ichki tuzilishi nihoyatda murakkab bo‘lib, ularning xossalari ko‘p omillarga bog‘liq. Asfalt-beton xossasi harorat ta’sirida sezilarli o‘zgaradi. Oddiy haroratda asfalt-beton qayishqoq-egiluvchan holatda, sovuq sharoitda esa qattiq, mo‘rt bo‘ladi. Masalan, 50°S haroratda saqlangan asfalt-betonning mustahkamligi 1–2 MPa bo‘lsa, ~35°S gacha sovitilganda mustahkamligi 30–40 MPa gacha ortadi. SHu sababli, asfalt-betonning xossalarini oldindan bilib uni boshqarish mumkin. Asfalt-beton o‘zining xususiyatlari, bitumning quyuq-suyuqligi va asfalt-beton qorishmasini yo‘lga yotqizilayotgandagi haroratiga ko‘ra issiq, iliq va sovuq guruxlarga bo‘linadi. Issiq asfalt-beton qorishmasi uchun ishlatiladigan quyuq bitumning markalari - BND 90/130, BND 60/90; BND 40/60; BN 90/130, BN 60/90. Qorishmani yo‘lga yotqizish vaqtida uning harorati 130– 1bO°Steng bo‘ladi. Iliq asfalt-beton uchun suyuq yoki nim quyuq bitumlar ishlatiladi (BND 130/200, BND 200/300,); uiing yo‘lga yotqizilayotgandagi harorati 60–90°S ga teng bo‘lishi kerak. Iliq asfalt-beton qorishmasining yo‘lga zichlab yotqizilgandan keyingi mustahkamligi sovugandan keyin loyihadagi mustahkamligining 80 %ini tashkil etishi kerak. YUzasi silliq mayda va yirik to‘ldirgichlarni iliq asfalt-beton ishlab chiqarishda tavsiya etilmaydi. Iliqasfalt-betonning issiq xiliga qaraganda suvga va sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi. Iliq asfalt-betonni yo‘lga yotqizish paytida to‘ldirgich yuzasiga yopishgan bitum pardasining qalinligi 0,01 mm. ga teng bo‘ladi. Sovuq asfalt-beton uchun markasi MG 70/130 yoki SG 70/130 ga teng bo‘lgan suyuq bitum ishlatiladi. Bunday asfalt-betonning ishlatilayotgandagi harorati atrof-muhit haroratiga teng bo‘lishi kerak, ammo +10°S dan past bo‘lmasligi lozim. Agar zaruriyat bo‘lsa, iliq va sovuq asfalt-betonlar zavoddan chiqayotgan haroratda (80–100°S) ham yo‘lga yotqizilishi mumkin. Asfalt-betonning quyidagi turlari mavjud:– zichlitiga (g‘ovakligiga) ko‘ra – g‘ovakligi 3–5 %ga teng bo‘lgan – zich va g‘ovakligi 6–10 %li g‘ovak tuzilishdagi asfalt-betonlar; – zichlash uslubiga ko‘ra og‘ir katoklar, tebratkichlar va shibbalovchi uskunalar vositasida zichlanadigan va quyma asfalt-betonlar;
Mineral to‘ldirgichlar Asfalt-beton tuzilishini va hajmini tashkil etuvchi eng muhim tarkibiy qism undagi mayda, yirik va mineral kukuni kabi to‘ldirgichlardir. Asfalt-beton qorishmasini tayyorlashda mineral to‘ldirgichlar avval qizdiriladi keyin bog‘lovchi sifatida bitum qo‘shiladi. Issiq to‘diirgichlar bilan qorishtirilgan bitum ularning yuzasida bitum pardasini hosil qiladi va tez sur’atda oksidlash reaksiyasi boshlanadi, natijada, to‘ldirgich yuzasidagi bitumning parda sifati yaxshilanadi. CHaqiq tosh. Asfalt-betonda ishlatiladigan yirik to‘ldirgich sifatida mustahkam, zararli muhit va sovuqqa chidamli vulqondan otilib chiqqan metamorf va cho‘kindi tog‘ jinslari hamda asta-sekin sovutilgan Bekobod toshqoli ishlatiladi. CHaqiq toshning maydayirikligiga qarab yirik to‘ldirgichlar 60 dan 3000 gacha bo‘lgan markalarga ega. Tog‘ jinsidan olingan chaqiq toshni maxsus uskunada sinalganda yuzasining silliqlanishi 25–33 %, toshqolniki esa 35 %gacha bo‘lishi mumkin. CHaqiq tosh yuzasi notekis, undagi ignasimon va yapaloq donalar miqdori 13–26 %dan ortmasligi kerak. Sovuqqa chidamliligi esa muzlatib eritganda 50 sikldan kam bo‘lmasligi lozim. CHaqilgan to‘ldirgich tarkibida yirik tosh qismi 80 %dan kam bo‘lmasligi kerak. Qum – qattiq minerallarning, asosan, kvarsning sochiluvchan mayda donachalari va ularning to‘plami. Qumning tozaligi undagi chang va loy miqsori bilan o‘lchanadi. Tog‘ jinsining mustahkamligiga qarab qum ikki xil markada ishlab chiqariladi, ya’ni 800 va 400. Uzbekiston sharoitiga mos asfalt-beton uchun ishlatiladigan qum quyidagi davlat standartlari talabiga javob berishi lozim. Asfalt-betonning tuzilishi Asfalt-beton yo‘lning sifatli bo‘lishini ta’minlashda ilk bor uning mustahkamligi va chidamliligiga e’tibor berish kerak. Buning uchun asfalt-betonning ichki tuzilishi zich va to‘ldirgichlarning o‘zaro yopishish kuchi katta bo‘lishi lozim. Tuzilish reologiyasiga doir xossalari o‘zgaruvchan bo‘ladi, binobarin asfalt-betonning tuzilishini shakllantiruvchi asosiy modda – bitumni uch guruxga bo‘lishmumkin. Birinchi guruhsagi bitum tarkibida 25 %dan ko‘p asfalten moddalari bo‘ladi hamda uglevodoroddagi smola bitumning to‘la koagulyasiya bo‘lishini ta’minlaydi. Ikkinchi guruhga taallukli bitum tarkibida asfalten moddasi 18 %dan kam bo‘lganligi tufayli u suyuqroq, molekulalar atrofini o‘rab olgan smola mikdori ko‘p bo‘ladi. Uchinchi guruh bitumida asfaltenlar 20–23 %dan ortmaydi. Koagulyasiya tuzilishidagi asfaltenlar qayishqoq uglevodoroddagi smola bilan quyuqroq bitumni hosil qiladi. Asfalt-beton turlari. Ishlatiladigan bog‘lovchi moddalar mineral to‘ldirgichlar (chaqiq tosh mustahkamligi, mineral kukunning sifati) va asfalt-betonning xossalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Yo‘l va aerodrom qurilishlarida eng ko‘p ishlatiladigani issiq asfalt-betondir. CHunki yo‘lga yotqizilgan issiq asfalt-beton qatlami qisqa muddatda qotib atrof-muhit harorati bilan tenglashadi va mashinalarning yurishiga imkon tugiladi. Issiq asfaltbeton bilan yo‘l qatlamining eng quyi, o‘rta va ustki qismini qurish iqtisodiy jihatdan samaralidir. Nimquyuq va suyuq bitumlar asosida ishlab chiqariladigan asfalt-betonni yilning sovuq kunlarida (–10°S gacha) ham ishlatsa bo‘ladi. Quyuq bitumli issiq asfalt-beton qorishmasini sovuq havoda yo‘lga yotqizish anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Uning Sovuq asfalt-betonning xossalari
Asfalt-beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi. Asfalt-beton zavodlarida qorishma ishlab chiqarishni tashkil qilish va zaruriy ashyolar bilan ta’minlash bo‘yicha ikki xil texnologiya mavjud. Birinchi xil texnologiyada konlardan mayda va yirik mineral kukun kabi to‘ldirgichlar tayyor qilib keltiriladi. Ikkinchi xil texnologiyali tabiiy tog‘ jinslarini qayta ishlab tayyorlangan ashyolar asosida ishlaydigan asfalt-beton zavodlari tasarrufiga bitum saklagich hovuzlar, uni erituvchi qozonlar, nasos stansiyalari, asfalt-beton qorishmasini ishlab chiqarish sexi, mineral kukuni tayyorlaydigan tegirmon, zavod ichida mineral to‘ldirgichlarni saqlash maydonlari, elektr energyyasi va bug‘ ta’minoti xo‘jaligi, xom ashyolarni va tayyor asfalt-beton qorishmalarini uzluksiz sinab turuvchi tajribaxona, mexanik ta’mirlash ustaxonasi, xodimlarning xavfsizliligini ta’minlash bo‘limlari kiradi. Mineral kukuni tayyorlash uchun tabiiy tosh maxsus o‘choqlarda. quritiladi va yumaloq cho‘yan solingan aylanuvchan tegirmonda tuyiladi. Mineral kukun usti berk omborxonalarda yoki siloslarda saqlanadi. Asfalt-beton qorishmasini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: mineral to‘ldirgichlar tayyorlanadi (oldindan tortish, quritish, qizdirish va yana tortish); bitumni tayyorlashda uni hovuzdan erituvchi qozonga solinadi, bitumdagi nam va suv bug‘latiladi, keyin ishchi haroratgacha qizdiriladi va kerak bo‘lsa sirti faollashtirilgan modda qo‘shiladi va qorg‘ichga solishdan avval tortiladi; mineral to‘ldirgichlar bitum bilan qorishtiriladi va o‘zi ag‘daruvchi avtomobilga yoki yig‘uvchi bunkerga solinadi. Asfalt-beton qorg‘ichning ish unumi 25–50 yoki 100–200 t/s.ga teng. Hozirgi kunda asfalt-beton zavodlarining avtomatlar vositasida uzoqdan boshqaradigan turlari mavjud. Bunday zavodlarning ish unumi 400–800 t/s. gacha bo‘lyshi mumkin. Qorg‘ich barabanga bir yo‘la solingan asfalt-beton qorishmaning og‘irligi 700 kt , bo‘lishi mumkin. Qizdirilgan mineral to‘ldirgichlar qorg‘ichga tushishdan avval 10–20 sek. aralashtiriladi, keyin qorg‘ich barabanda 140–170°S haroratda bitum bilan 60^120 sek.gacha qorishtiriladi. To‘ldirgich donalari yirik bo‘lsa, qorishtirish vaqti 25–35 sek.ni tashkil etadi. Avtomobilga solinadigan tayyor asfalt-beton qorishmasining og‘irligi 3400 kg. gacha bo‘lishi mumkin. Yig‘uvchi bunkerga 100 tonnagacha asfalt-beton qorishma sig‘adi va uni saqlash 4–6 soatdan oshmasligi lozim. Mineral kukunini tayyorlash uchun avvalo ohaktosh maydalanadi, keyin quritiladi va donalari kerakli (5–20 mm) o‘lchovgacha tegirmonda tuyiladi, so‘ng tayyor mineral kukuni usti berk omborxonada saqpanadi. Tegirmonga tushayotgan mineral toshning namligi 1–3 %dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ochiq joyda saqlanadigan kukunning namligi 15–25 % bo‘lishi mumkin. Asfalt-betonning fizik-mexanik xossalari Asfalt-betonning g‘ovakligi. Qurilish materiallari tuzilishining shakllanishida unda o‘ta kichik, kichik va yirik g‘ovaklar hosil bo‘ladi. G‘ovaklari ko‘p bo‘lgan ashyoning zichligi va mustahkamligi kichik bo‘ladi. Aks holda, zichligi, demak mustahkamligi ham ortadi. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan asfalt-beton qatlami g‘ovak bo‘lsa, uning chidamliligi, ayniqsa, respublikamizning o‘zgaruvchan iqlimida mustahkamligi kichik bo‘ladi. Asfalt-betonning g‘ovakligi past bo‘lishi uchun uning tarkibi to‘g‘ri hisoblanishi va ishlatiladigan ashyolarining sifatiga alohida e’tibor qilish kerak. Buning uchun uch masalani
Asfalt-betonning mexanik-deformativ xossalari Asfalt-betonning asosiy bog‘lovchisi bitum bo‘lganligi tufayli u egiluvchanqayishqoq va plastik xossalarga ega. U ishlatilish sharoitiga ko‘ra egiluvchan, ko‘pincha qayishqoq-plastik bo‘ladi. Asfalt-beton egilayotgan vaqtdagi kuchlanishida ta’sir etuvchi har xil kuchlarga bardosh bera oladigan xossalarga ega bo‘lishi kerak. Asfalt-betonning bunday xossalarini o‘rganish egiluvchanlik yoki plastiklik nazariyasiga asoslangan. Amaliyotda asfalt-betonning deformatik holatini o‘rganishda siljish nazariyasi ko‘p qo‘llaniladi. Egiluvanlik va plastiklik har xil holatda ro‘y berishi mumkin. Masalan, egiluvchan-mo‘rt holatda «bitum+mineral kukuni» bo‘tqasidagi smola va moylarning bug‘lanib kamayishi xisobiga asfalt-betondagi bog‘lovchi moddalar kristallanadi, uning mustahkamligi ortadi, ammo zarbga bardoshligi kamayadi; egiluvchan plastik holatda mineral to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lovchi bitum xossalari qoniqarli bo‘ladi, unda oquvchanlik xususiyati bo‘lmaydi. Kuchlanish ortganda, bitumning egiluvchan-plastikligi asfaltbetonning mustahkamligi va boshqa xossalarining qoniqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Asfalt-betondagi mineral bo‘tqa qayishqoq plastik holatda bo‘lsa, o‘zaro bog‘lovchi bitum kompozitsiyasi tarkibidagi smola va moy yarim suyuq holatda bo‘ladi, natijada, deformatsiyalanish jarayoni tezlashadi. Asfalt-betonning mexanik kuch ta’sirida buzilmasligi uchun, avvalo, uzoq vaqt davomida uning yaxlitligini saklash va issiq sharoitda surilishga bo‘lgan qarshiligini oshirish kerak bo‘ladi. Demak, asfalt-betonning mexanik xossasi unga ta’sir etuvchi ikki ko‘rsatkich bilan ifodalanadi: birinchisi ta’sir etuvchi kuchlanishni asfalt-betonning buzish darajasiga ko‘tarilishi va ikkinchisi uzoq vaqt davomida uning mustahkamligining saklanishidir. Quruq-issiq sharoitda asfalt-betonning surilishga bardoshliligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Issiq sharoitda asfalt-betonning surilishga bo‘lgan mustahkamligini N.N.Ivanov nazariyasiga asoslanib hisoblangan quyidagi o‘zgartirilgan Kulon tenglamasi yordamida aniklash mumkin: = Rtg+ Cc + ; bunda, – asfalt-betonning statik surilishga bo‘lgan mustahkamligi, MPa; – surilishga ta’sir etuvchi kuch, MPa; – ichki ishqalanish burchagi; S – asfalt-betonning surilishida donalarning o‘zaro yopishish mustahkamligi, MPa; – «» miqdorga teng bo‘lgan bitum bilan to‘ldirgichlarning o‘zaro yopishishi. Yuqoridagi tenglamaga ko‘ra, asfaltbetonning siqilishga mustahkamligi N.N.Ivanov formulasi yordamida aniqlanadi: = 2h/D tg(/4 + /2) , bunda, – asfalt-beton qatlamiga tushayotgan kuchlanish; h – qatlamning qalinligi; – tik va yassi kuchlanishni hisobga olish koeffitsienti (2,5–3,0 ga teng); D shina izining diametri; – ichki ishqalanish burchagi. Hisoblashlar shuni ko‘rsatdiki, qo‘p chaqiq toshli asfalt-betonning surilishiga ta’sir etuvchi kuch R=0,5 MPa bo‘lganda, kuchning 91 %ini chaqiq tosh donalari o‘ziga qabul,;qilar ekan. SHundan 9 %igina asfalt bo‘tqasiga tushadi. Kam chaqiq toshli asfaltbeton bo‘lsa, sinch 72 %ni, asfalt bo‘tqasi esa 28 % surilish kuchini o‘ziga oladi. Asfaltbetonni surilishga sinash ishlari ancha murakkab. Buning uchun katta uskunalar va maydon kerak bo‘ladi. SHu sababli, me’yoriy hujjatlarda asfalt-beton namunaning siqilishga mustahkamligi orqali surilishga bardoshliligi topiladi. Kuchlanish relaksatsiyasi – asfalt-betondagi bir xil o‘zgarmas kuchlanishni astasekin egiluvchan deformatsiyadan plastik deformatsiyaga aylanib so‘nishidir. Kuchlanish relaksatsiyasining o‘zgarishi asfalt-betondagi bitumning xossalariga bog‘liq. Bitum qanchalik sifatsiz bo‘lsa, unda kuchlanish relaksatsiyasi ko‘p bo‘ladi. Issiq muhit ta’sirida asfalt-betonda kuchlanish relaksatsiyasi ortadi. Eski asfalt-betonni ishlatish (regeneratsiya) Xalq xo‘jaligini rivojlantirishda, ayniqsa, qurilish sanoatida ikkilamchi ashyolar va chiqindilarning salmog‘i ortib bormoqda. Bular asosida olimlarimiz tomonidan yangi va samarali Qurilish materiallari ishlab chiqarishga doir takliflar berilmoqda. Ikkilamchi ashyolardan biri yillar davomida shahar va qishloq yo‘llarimizdagi ustma-ust qatlam bo‘lib yo‘l sathini ko‘tarayotgan eski asfalt-betonlardir. Yo‘l qurilishida eskirgan, buzilgan asfalt-beton ustiga yangisi yotqiziladi. Natijada, yo‘l qatlamining qalinligi ayniqsa shahar ko‘chalarida 40–50 sm.gacha ko‘tarilib ketadi. Yo‘llarni ta’mirlaganda eski asfaltbeton qatlam ko‘chirib olinib ko‘cha chekkasiga uyib qo‘yilar va chiqindi sifatida tashlanar edi. Toshkent shahrining o‘zidan bir yilda 45–60 tonna eski asfalt-beton chiqindi sifatida chiqarib tashlangan. Vaholanki, eskirgan asfalt-betonni qayta ishlab yana yo‘lga yotqizilsa, 28–40 ming tonna tabiiy tosh, 2,1–2,6 ming tonna bitum tejalgan bo‘lardi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling