4-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: KOMPOZITSION BOG’LOVCHI MATERIALLAR ASOSIDA BETON OLISH VA UNING TARKIBINI HISOBLASH
Kam sement sarflab, QMQ talabini qoniqtiradigan beton qorishmasini tayyorlash uchun, avvalo uning tarkibini to‘g‘ri hisoblash zarur. Buning uchun beton tarkibini tashkil qiluvchi materiallarning sifatiga qarab, uni tanlash va miqdorini aniqlash kerak. Beton
tarkibini hisoblash uchun aniqlanadigan ifoda va jadvallarda to‘ldiruvchilarning tarkibida mustahkamligi har xil bo‘lgan moddalar borligi etiborga olinmagan. SHu sababli, beton tarkibi hisoblangandan keyin, laboratoriya sharoitida qorishma tayyorlab, uning markasi tekshirib ko‘riladi. Agar namunanig 28 kundan keyin mustahkamligi loyiha talabini qoniqtirsa, u holda beton qorishmasining hisoblangan tarkibi tavsiya etiladi.
Beton tarkibini hisoblash usullari ko‘p.
Bular ichida eng samarali bo‘lgan usul tanlanadi. B.G. Skramtaevning “absolyut hajmlar usuli” beton tarkibini hisoblashda eng qulay usul hisoblanadi.
Beton tarkibini hisoblash – 1 m3 beton uchun sarflanadigan sement (S), suv (S), qum (Q) va yirik to‘ldirgich (SH) larning massalarini aniqlashdan iborat.
1. Suv:sement nisbatini hisoblashni quyidagicha bajariladi:
Oddiy beton uchun, S/S > 0,4 bo‘lsa, Rb = ARS (S/S – 0,5). Yuqori markali beton uchun, S/S ≤ 0,4 bo‘lsa, Rb = A1RS (S/S + 0,5).
Bundan S/S > 0,4 bo‘lgan hol uchun
Bu ifoda
bo‘lganda samarali hisoblanadi.
Bunda R b - betonning 28 kundan keyingi mustahkamligi yoki markasi (MPa); RS - portlandsementning markasi (aktivligi), MPa;
A va A1 - to‘ldirgichlar va sementning sifatiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsientlar. (6-jadval) S - suv miqdori, litr; S - sement miqdori, kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |