1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish
-jadval Beton to‘ldirgichlari va sementning sifatiga qarab kiritiladigan koeffitsientlar A va A1 miqdorlari
Download 0.52 Mb.
|
Амалий маш-улот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-standart usuli.
- 2-oddiy (B.G.Skramtaev) usuli.
6-jadval
Beton to‘ldirgichlari va sementning sifatiga qarab kiritiladigan koeffitsientlar A va A1 miqdorlari
2. Binobarin S/S nisbati aniqlangach, suv miqdori quyidagi 2-jadvaldan aniqlanadi. 7-jadval 1m3 beton uchun suv sarfi
Eslatma: Jadvaldagi qiymatlar portlandsement va o‘rtacha yiriklikdagi qumdan tashkil topgan beton qorishmasi uchun mo‘ljallangan. Agar puatsolan sement ishlatilsa, suvning sarfi 20 kg/m3 ga ortadi, shag‘al o‘rniga chaqilgan tosh ishlatilsa va o‘rtacha yiriklikdagi qum o‘rniga mayda qum ishlatilsa, suvning sarfi 10 kg ga ortadi, yirik qum ishlatilsa 10 kg ga kamayadi. 3. Sementning sarfi quyidagicha aniqlanadi: Qulay joylanuvchan beton qorishmasini tayyorlash uchun yirik to‘ldirgich donalarining orasidagi S:Q qorishmasi etarli bo‘lishi kerak. Yirik to‘ldirgich donalarining orasidagi S:Q qorishmasi, bir-biridan siljish tuzatmasi orqali ifodalanadi va u “” harfi bilan belgilanadi. Beton qorishmasi qanchalik suyuq bo‘lsa, uning siljish tuzatmasi shuncha katta bo‘ladi, “” quyidagi 8-jadvaldan tanlab olinadi. 8-jadval
4. “” qiymatini jadvaldan aniqlangandan so‘ng quyidagi ifoda yordamida yirik to‘ldirgich – shag‘al yoki chaqiq tosh miqdorini hisoblanadi: bunda, Vsh - shag‘al (chaqiq tosh) ning bo‘shlig‘i, uni hisoblash ifodasi quyidagicha: sh - shag‘al yoki chaqiq toshning nisbiy zichligi g/sm3; xsh - shag‘al yoki chaqiq toshning haqiqiy zichligi g/sm3. 5. Hajmi 1 m3 bo‘lgan beton qorishmasi uchun mayda to‘ldirgich (qumning) miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Bunda, S, SH, S – 1 m3 beton qorishmasi uchun sarflanadigan sement, shag‘al va suv miqdori, kg; xs , xsh , kx - sement, shag‘al va qumning xaqiqiy zichligi, kg/m3. Beton qorishmasining hisobiy zichligi quyidagicha aniqlanadi: b Q + SH + S + S, kg/m3 6. Betonning chiqish miqdorini quyidagicha aniqlanadi: bunda s , k , sh - sement, shag‘al va qumning o‘rtacha zichligi, kg/m3. Betonning chiqish miqdori tuzatmasi odatda quyidagi oraliqda bo‘ladi: = 0,550,65 Agar, shu oraliqda chiqsa, beton qorishmasining tarkibi to‘g‘ri hisoblangan bo‘ladi. Agar to‘ldiruvchilar nam holatda bo‘lsa, u holda to‘ldiruvchilar tarkibidagi suv miqdori hisobga olinib, beton qorishma uchun sarflanadigan suv, qum va yirik to‘ldiruvchilar miqdoriga o‘zgartirish kiritiladi. 7. Beton tarkibidagi materiallarning nisbiy ifodasini keltirib, miqdori aniqlanadi. Agar 1 m3 beton qorishmasi uchun sarflanadigan sement miqdorini 1 deb olinsa, u holda nisbatlar quyidagicha bo‘ladi: deb belgilansa, unda nisbatlar ifodasi (1:X:Y) holda kelib chiqadi. Bu ifodalar orqali beton qorishmasining o‘rtacha tarkibini hisoblash mukin, chunki bu ifodlarda barcha materiallar “absolyut”(mutlaq) quruq holatda olingan. Amaliyotda beton qorishmasining tarkibini aniqlashga tuzatmalar kiritiladi, odatda beton to‘ldiruvchilari nam holatda bo‘lishi mumkin. To‘ldiruvchilardagi tabiiy suv miqdori aniqlanib, beton uchun lozim suv miqdori ushbu ifoda bilan topiladi; SS Ssh Sk bunda S' - beton qorishmasi uchun suvning sarfi, l; S - aniqlangan tarkibdagi suv miqdorini jadvaldan topiladi, l; Ssh - yirik to‘ldirgich namligi bo‘yicha suv miqdori, l; Sq - qumning tarkibidagi namligi bo‘yicha suv miqdori, l; Masalan yirik to‘ldiruvchi namligi 1% va mayda to‘ldiruvchi namligi 3% bo‘ladigan bo‘lsa, to‘ldiruvchilardagi suv miqdori quyidagicha aniqlanadi. Bunda, agar material nam holatda bo‘lsa, namlik hisobiga suvning miqdori kamayadi, shuning uchun u material miqdori ko‘proq olinadi, ya’ni; Q Q Sk va SH SH Ssh SHunday qilib, ishlab chiqarish uchun beton qorishmasining tarkibi aniqlanadi va sementga nisbatan beton tarkibining ifodasi keltirib chiqariladi, ya’ni; U holda beton tarkibining sementga nisbatan ifodasi 1: X : Y deb belgilanadi. Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi beton qorishmasining quyuqligiga bog‘liq holda aniqlanadi:
9-jadval
Beton qorishmasining harakatchanligi standart kesik konus yordamida aniqlanadi (1-rasm). Hisoblangan tarkib bo‘yicha tayyorlangan beton qorishmasi standart konusga bir xil balandlikda 3 bo‘limdan iborat qilib solinadi. Har bir bo‘lim uzunligi 60 sm, diametri 16 mm bo‘lgan po‘lat sterjen bilan 25 marta urib zichlashtiriladi. Zichlash paytida konusni pastgi temir taglikga kattiq bosib turish kerak. Konus ustida ortib qolgan qorishma kesib tashlanadi va yuzasi silliqlanadi. Konus bandidan ushlab asta-sekin (3-7 sekund davomida) qatiyan tik holatda ko‘tariladi va beton qorishma yoniga qo‘yiladi. Beton qorishmasining harakatchanligini aniqlash uchun kesik konus ustiga chizg‘ich gorizontal qo‘yiladi va ikkinchi chizg‘ich bilan beton cho‘kishi o‘lchab olinadi (2-rasm). Agar konus cho‘kishi 0 ga teng bo‘lsa, ya’ni beton cho‘kmasa beton quyuq deb hisoblanadi va bunday beton uchun qattiqlik (jestkost) ko‘rsatkichi aniqlanadi. Beton qorishmasining qattiqligi GOST 10181-2000 ko‘rsatilgan usullardan biri orqali aniqlanadi. 1-standart usuli. Qorishma qattiqligini aniqlash uskunasi teriladi va titratkich stoliga mahkamlanadi. Konusni qorishma bilan to‘ldirish, zichlash va konusni ko‘tarib olish xuddi qorishma harakatchanligin aniqlagandagi kabi bajariladi. SHtativdagi disk aylantirib konus shaklida qoliplangan beton qorishmasi ustki sirtiga tekguncha sekinlik bilan tushirib quyiladi (3-rasm). So‘ngra titratkich va sekundamer bir vaqtda yurgiziladi va beton qorishmasining zichlanishi kuzatib turiladi. Diskdagi ixtiyoriy ikki teshigidan qorishma xamiri chiqquncha qorishma titratiladi va shu zohoti sekundamer va titratkich to‘xtatiladi. Sekundamer ko‘rsatgan vaqt beton qorishmasining qattiqligi hisoblanadi. 2-oddiy (B.G.Skramtaev) usuli. Qorishma qattiqligi 200x200x200 mm li qoliplarada aniqlanadi. Qolip titratkich stoliga mahkamlanadi va unga standart konus o‘rnatiladi. 4-rasm. Qorishma qattiqligini aniqlashning oddiy usuli. a) uskunaning umumiy ko‘rinishi; b) – titratgunga qadar qorishma; v) titratgandan keyingi qorishma; 1-konus; 2-qolip; 3-beton qorishmasi; 4-titratgich. Standart qonusning ostki tutkichlari olingan va pastki diametri kub ichiga sig‘adigan qilib kichraytirilgan bo‘lishi kerak. Konusni qorishma bilan to‘ldirish, zichlash Yuqorida keltirilgan usuldagi kabi bajariladi. Konus astagina ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib olinadi va bir vaqtda titratkich bilan sekundamer yurgiziladi. Beton kub ichida yoyilib kub burchaklarini to‘ldirib gorizontal holatga kelguncha titratish davom ettiriladi. Beton kub ichida yoyilib gorizontal holatga kelguncha ketgan vaqtni 0,7 koeffitsientga ko‘paytirib beton qorishmasining qattiqligi aniqlanadi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling