1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish
-jadval Qumlarning yirikligi bo‘yicha xarakteristikasi
Download 0.52 Mb.
|
Амалий маш-улот
5-jadval
Qumlarning yirikligi bo‘yicha xarakteristikasi
Mayda fraksiyali to‘ldiruvchilar sifatida: 1. Tabbiy changsimon kvars (marshalit), 2. Maydalangan kvars changlari (GOST 9077), 3. Elektrod qoplamalar uchun tuyilgan dala shpati (GOST 4422), 4. Tuyilgan qumtosh va kvarsit (2251) va boshqalar ishlatiladi. Qurilish ishlarida bunday to‘ldiruvchilarni aralashma tarkibiga 5 dan 20% gacha, ba’zi bezak aralashmalari, shpaklevka, finish suvoqlari tarkibiga 30... 40% ga qo‘shishiladi. Qurilish aralashmalari tayyorlashda qumning bo‘shlig‘i, namligi, zichligi, xajmi kabilar muxim axamiyat kasb etadi. SHuning uchun bu ko‘rsatkichlarni xisoblash ishlari oraqli aniqlanadi. Qumning bo‘shlig‘i quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda: ρt – qumning quruq holdagi to‘kma zichligi, kg/m3; ρ – qumning zichligi, kg/m3. Qumning massa bo‘yicha namligi quyidagi formula orqali topiladi: % bu erda: Mn – nam qumning massasi, kg; Mq – quruq qumning massasi, kg. Qumning namligi o‘zgarishi bilan uning hajmi ham o‘zgaradi. Qumning namligi 5 – 7% bo‘lgan xolda hajmni ko‘p egallaydi:
bu erda: Mn va Mq – nam va quruq qumlarning massasi, kg; Wm – namlik, %. U xolda nam qumning hajmini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Qumning beton yoki qorishmaning hossalariga tasir etadigan muhim xususiyatlaridan biri zarralarining solishtirma yuzasidir. Solishtirma yuzasi qum zarralari diametriga teskari proporsionaldir. Qumning solishtirma yuzasini A. S. Lodinskiy formulasi bo‘yicha taxminan aniqlash mumkin: m2/kg, (sm2/g). bu erda:
k – qum turiga talluqli koeffitsient bo‘lib, u tog‘ qumi uchun k = 2,1; dengiz va daryo qumlari uchun k = 1,7; mayda qumlar uchun k = 1,3 ko‘rsatkichlariga teng deb xisoblanadi. a, b, c, d, e, f – standart elaklardagi (2,5; 1,25; 0,65; 0,315; 0,14) qoldiq va 0,14 elakdan o‘tgan miqdor,%. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling