1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish


Download 0.52 Mb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#219854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Амалий маш-улот

Nazorat uchun savollar

1. Keramik massaning tarkibi nima maqsadda xisoblanadi?

2. Keramik massaning kislotalik koeffitsienti ko‘rsatkichini nega xisoblanadi?

3. Ishqori oksidlarning mol miqdori qanday topiladi?

4. Asosiy oksidlarning mol miqdori qanday topiladi?

5. Qattiq chinnilarda kislota koeffitsienti chegarasi nechaga teng?

6. YUmshoq chinnilarda kislota koeffitsienti chegarasi nechaga teng?
2-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: KOMPOZITSION MINERAL BOG’LOVCHI MATERIALLARNING TARKIBI NI HISOBLASH

Kompozitsion mineral bog’lovchiva fraksiyalangan qum

Kompozitsion mineral bog’lovchimateriallar asosiy 3 ta guruxga bo‘linadi:

1) Xavoda qotadigan kompozitsion mineral bog'lovchilar – oxak, gips, kaustik magnezit;

2) Gidravlik kompozitsion mineral bog'lovchi;

3) Kislotaga chidamli kompozitsion mineral bog'lovchi.

Bog‘lovchi materiallarni tejash va ularning xossalarini o‘zgartirish maqsadida quyidagi maxsus qo‘shimchalardan foydalaniladi:

1. Gidravlik yoki aktiv mineral qo‘shimchalar – trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli, gliej, kuygan gips va shlaklar.

2. To‘ldirgich sifatidagi qo‘shimchalar – mayda tuyilgan qum, oxaktosh, dolomit, tabiiy changsimon kvars qumi va boshqalar

3. Sementni tishlashish muddatini tezlashtiruvchi va sustlashtiruvchi materiallar:

A) Tezlashtiruvchilar – CaCl2, NaCl, HCl, Na2SiF, soda

B) Sustlashtiruvchilar – gips, sulfat kislota, sulfat oksidli temir;

4. Beton va qotishmaning sovuqqa chidamliligi, qovushqoqligini oshirish uchun ishlatiladigan organik va noorganik qo‘shimchalar – SSB, etmak, sovun qirindisi, gil, bentonit, trepel va boshqalar

Fraksiyalangan qum, ya’ni donador tarkibga ega bo‘lgan kvars maydalangan xolda bo‘lib, solishtirma yuzasi katta, to‘kiluvchan xajmiy massasi kam, g‘ovakliligi Yuqori bo‘ladi. Mayda qumli betonning suvga talabi va sement sarfi katta, mustaxkamligi esa kamroq bo‘ladi.

Qum – beton va qorishmalar uchun mayda to‘diruvchidir. Qum deb donalarining o‘lchamlari 0,14 dan 5 mm gacha bo‘lgan, tog‘ jinslarining emirilishi yoki ularni maydalash yo‘li bilan olinadigan mayda zarrachali materialga aytiladi. Suv bilan aralashtirilganda oson qorilib, bir tarkibli aralashma xosil qiladi. Quruq qurilish aralashmalarining tarkibiga ko‘pincha mayda fraksiyali kvars qumi qo‘shiladi. Bunday kvars qumining zarrachalarining o‘lchami 5 mm gacha bo‘lishi lozim.

Qumning donadorlik tarkibi zarur ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ularning donadorlik tarkibi Mk – yiriklik moduli bilan baholanadi. Yiriklik moduli teshiklar diametri 2,5 dan 0,14 mm gacha bo‘lgan elaklardagi to‘la qoldiqlar yig‘indisini 100 ga bo‘lib aniqlanadi. Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi 3-jadvalda keltiriladi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling