13-mavzu. Magnezial bog’lovchi moddalar reja
Download 66 Kb.
|
1 2
Bog'liq13-Ma\'ruza. Magnezial bog’lovchi moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnezial bog‘lovchilar
- 3. Suyuq shisha va kislotabardosh sement Suyuq shisha.
13-MAVZU. MAGNEZIAL BOG’LOVCHI MODDALAR Reja: Umumiy ma’lumotlar. Havoyi bog‘lovchilar Gips tarkibi va xossalari. Magnezial bog‘lovchilar. Suyuq shisha va kislotabardosh sement Gidravlik ohak Magnezial bog‘lovchilar Magnezial bog‘lovchi moddalar tarkibida magniy oksidi (MgO) bo‘lib, kaustik magnezit va kaustik dolomit turlariga bo‘linadi. Magnezial bog‘lovchilar kukuni magniy xlorid Yoki magniy sulfatning suvli eritmalarida qorilganda qattiq sun’iy toshga aylanadi. Magnezial bog‘lovchilar 750-8500S haroratda magnezitni (dolomitni) kuydirib olinadi: MgCO3MgOCO2 Kaustik magnezitning quyuqlanish davri 20 minutdan keyin boshlanishi va qotish oxiri 6 soatgacha bo‘lishi shart. Kaustik magnezit 400, 500 va 600 (kg/sm2) markalarda ishlab chiqariladi. Siqilishdagi mustahkamligi 1000 kg/sm2 bo‘lishi mumkin. Kaustik dolomit tabiiy dolomit toshini (SaSO3.MgCO3) kuydirib olinadi. Tarkibida erkin holda SaSO3 bo‘lishi tufayli kaustik dolomit sifati kaustik magnezitga nisbatan pastroq bo‘ladi. Kaustik dolomit 100, 150, 200 va 300 markalarda ishlab chiqariladi. Magnezial bog‘lovchilar organik to‘ldirgichlar-Yog‘och qipiqlari va payraxalari, kanop va g‘o‘za poyalari va boshqalar bilan yaxshi Yopishadi. SHu sababli magnezial bog‘lovchilar asosida fibrolit, ksilolit va arbolit singari issiqlik izolyasiyasi kompozitsion qurilish materiallari hamda edirilishga bardoshli ksilolit pollar, zinapoya qoplama buyumlari tayyorlash mumkin. 3. Suyuq shisha va kislotabardosh sement Suyuq shisha. Suyuq shisha natriy silikat (Na2O.nSiO2) Yoki kaliy silikat (K2O.nSiO2) larning suvli kolloid eritmasi bo‘lib, sariq Yoki jigar rangida bo‘ladi, 50-70% suvli aralashmasi zichligi 1,3-1,5 g/sm3. Suyuq shisha maydalangan sof kvars qumi va soda (Na2CO3) Yoki potash (K2SO3) aralashmasini 1300-14000S haroratda suyuqlantirib olinadi. Eritma tez sovutilsa va 0,4-0,6 MPa bosimli bug‘ ta’sirida (avtoklavda) qayta ishlansa sarg‘ish va ko‘kimtir ranglardagi suyuq shisha havoyi bog‘lovchisi hosil bo‘ladi. Suyuq shishaning qotishini natriy kremneftorid (Na2SiF6) kabi katalizatorlar qo‘shib tezlashtirish mumkin. Suyuq shisha kislotaga va yuqori haroratga bardoshli betonlar, silikat bo‘Yoqlar, gruntlarni zichlashtiruvchi kompozitsiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling