13-mavzu. Magnezial bog’lovchi moddalar reja


Download 66 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi66 Kb.
#1026874
1   2
Bog'liq
13-Ma\'ruza. Magnezial bog’lovchi moddalar

Kislotabardosh sement-toza kvars qumi va natriy kremneftorid aralashmasini kukun holatda maydalab olinadi. Komponentlarni alohida kukunlab so‘ng aralashtirish ham mumkin. Kvars qumi o‘rniga andezit kabi tabiiy toshlarni kukunlab ishlatsa bo‘ladi. Kislotabardosh sement suyuq shishaning suvdagi eritmasiga qorilsa bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Uning quyuqlanishi 30 minutdan keyin boshlanib, oxiri 6 soatgacha davom etishi mumkin. Kislotabardosh sement 100S yuqori haroratda qota boshlaydi.
Kislotabardosh sement asosidagi qorishma, beton va boshqa materiallar mineral va organik kislotalarga chidamli bo‘ladi, ammo ishqorlar va fosfat, ftorid kislotalari ta’sirida emiriladi. Kislotabardosh sement suv ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. U asosida qorishma, beton tayyorlanganda kislotaga chidamli to‘ldiruvchilar: kvars qumi, andezit, granit chaqiq tosh ishlatilishi kerak.
Kislotabardosh material va buyumlar kimyoviy apparatlar ichini qoplashda, kimYo va o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida, omborxonalar, rezervuarlar va boshqa inshootlar qurilishida agressiv muhitlardan himoyalovchi sifatida ishlatiladi.


Gidravlik ohak
Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-11000S haroratda kuydirib olinadi. Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda SaO dan tashqari kichik tartibli minerallar-2SaO.SiO2; CaO.Al2O3 va CaO.Fe2O3 hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda qotish imkoniyatini beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda davom ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi (28 sut) 2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda Yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va murakkab tarkibdagi qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda, tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin bo‘lgan bog‘lovchilar asosidagi qorishmalar Samarqand, Xiva, SHaxrisabz, Buxoro kabi shaharlar arxitektura Yodgorliklari g‘ishtlarini terishda, suvoqchilikda ishlatilgan.
Romansement
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 9000S haroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda hosil bo‘ladigan kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar romansementga gidravlilik xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil bo‘lishi mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Romansement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.


Nazorat savollari

  1. Portlandsement turlarini gapirib bering.

  2. Putssolanli va shlakli sementlar nima?

  3. Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.

  4. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib bering.



Tuzuvchi “QMvaK” kafedrasi assistenti
Mirzayeva Inobat Toxirovna

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling