1-amaliy mashg’ulot mavzu: kompozitsion keramika materiallarni asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamyatini o’rganish
Massaning Kimyoviy tarkibi bo‘yicha uning shixta tarkibini xisoblash
Download 0.52 Mb.
|
Амалий маш-улот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Xisobni qisqartirish uchun, boshlang‘ich materiallarni nazariy tarkibi xisobga olinadi
- Keramik kompozitsion materiallarning kimeviy tarkibi va kislotalik koeffitsientini xisoblash
Massaning Kimyoviy tarkibi bo‘yicha uning shixta tarkibini xisoblash
Misol. Keramik massaning kimyoviy tarkibi quyidagicha berilgan: SiO2 – 58,69; Al2O3 – 29,39; Fe2O3 – 0,85; CaO – 0,13; MgO – 0,08; K2O – 3,18; p.p.p. – 7,71 1-jadval Xisobni qisqartirish uchun, boshlang‘ich materiallarni nazariy tarkibi xisobga olinadi
MgO, Fe2O3 va CaO oksidlariga kaolin aralashmasidek qaraladi. Dala shpati formulasi (K2O Al2O3 6SiO2) dan foydalanib, uning tarkibidagi K2O miqdorini proporsiyadan kelib chiqqan xolda aniqlanadi. 557 - molekulyar og‘irlikdagi dala shpatida K2O ning molekulyar og‘irligi 94 ni tashkil etadi. Kimyoviy formula bo‘yicha K2Oning miqdori 3,18 % ga teng. Xisoblash uchun quyidagicha proporsiya tuzamiz:
557 molekulyar og‘irlikda - 94 X -3,18% X = 3,18 . 557 / 94 = 18,79 Glinozyom - Al2O3 va kremnezyom - SiO2 larningmiqdorini xam dala shpati (K2O . Al2O3. 6SiO2) formulasidan foydalanib, proporsiyadan kelib chiqqan xolda aniqlanadi:
557 molekulr og‘irlikda -102 18,79 -X% X=102 . 18,79 / 557=3,41 b) SiO2 uchun 557 molekulr og‘irlikda – 360 18,79 -U % U=360 . 18,79 / 557= 12,17 Kaolin tarkibini quyidagicha aniqlaymiz: Kaolin bilan kirgan Al2O3 xisoblaymiz. Kimyoviy formula bo‘yicha uning miqdori 29,39% ga teng. Dala shpati tarkibidagi Al2O3 ning miqdori 3,41% ni tashkil etadi: 29,39 - 3,41 = 25,98 Kaolinning molekulyar og‘irligi 258 ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi Al2O3 ning molekulyar og‘irligi 102 ni tashkil etadi. Proporsiya tuzamiz: 258 molekulr og‘irlikda -102 25,98 -X% X=258 . 25,98 / 102= 65,70
258 molekulr og‘irlikda - 120 65,7 -X% X=120 . 65,70 / 258 = 30,58 Dala shpati tarkibiga kremnezemni qo‘shgan xolda va topilgan summadan kremnezyomni umumiy miqdorini ayirganda, bog‘lanmagan kvars miqdori topiladi: 58,69 - (12,17 + 30,58) = 15,94 m.b. kvars Oz miqdordagi temir, kalsiy va magniy oksidlari tuproqsimon materiallarning doimiy aralashmasi xisoblanadi. Kimyoviy tarkib bo‘yicha ularning miqdori Fe2O3 – 0,85; CaO – 0,13; MgO – 0,08. SHuning uchun ularning miqdorlarni xisoblab topilgan kaolin miqdoriga qo‘shiladi:
Demak, xisoblash natijalaridan ushbu keramik massaning shixtasi tarkibi quyidagi minerallardan iborat: Kaolin -66,76%; Dala shpati-15,94%; Kvars-17,30%.
Keramik materialning molekulyar formulasini xisoblash bilan turli xil xom ashyolardan tayyorlangan massa va glazurlarning tarkiblarini solishtirish mumkin bo‘ladi. Massaning molekulyar formulasida asosiy oksidlar miqdorini (R2O, RO mol.larda), kislotali oksidlar (RO2 mol.larda) miqdoriga bo‘lgan nisbatani ifodalanadi. Keramik materiallar uchun molekulyar formula 1875 yilda Zeger tomonidan taklif etilgan uchun uni adabiyotlarda Zeger formulasi deb ta’kidlanadi. Kislotalik koeffitsienti ko‘rsatkichi yumshoq chinniga o‘tishda o‘sadi. Qattiq chinnilarda kislota koeffitsienti 1,1-1,3 chegarasida, yumshoq chinnilarda -1,68-1,75 da bo‘ladi. Kislotalik koeffitsienti ko‘rsatkichining oshishi chinnining termik mustaxkaligini kamligidan va uning mo‘rtligidan dalolat beradi. Massadagi tarkibida K2O miqdorini CaO xisobiga oshishi massaning pishish temperaturasi pasayishiga olib keladi. Fayans massada esa aksincha, mustaxkamroq va qattiq fayans olishga yordam beradi. Ikkala xolatda keramik massa tarkibida CaO miqdorini ko‘pligi strukturada shisha fazani xosil bo‘lishiga va uning mo‘rtligiga olib keladi. Keramik massasining kimyoviy tarkibini xisoblash orqali uning molekulyar formulasini va kislotalik koeffitsientini aniqlash mumkin. Buning uchun xom-ash’yolarning kimyoviy tarkibi asosida, massa retsepti bo‘yicha proporsiyasi tuzilgan xolda xisoblanadi.
SiO2-69,86; Al2O3-19,55; Fe2O3-0,68; CaO-0,46; MgO-0,36; K2O-1,58; Na2O-1,34; TiO2-0,22 Massaning molekulyar formulasini aniqlaymiz. Massaning molekulyar formulasini quyidagi tartibda aniqlaymiz. Buning uchun massaning kimyoviy tarkibidagi oksidlar miqdorini ularning molekulyar og‘irligiga bo‘lamiz. SHunda oksidlarning mol lardagi miqdori chiqadi. Oksidlarni guruxlash maqsadida CaO, MgO, K2O, Na2O larning yig‘insidi topiladi. Oksidlarni guruxlash orqali topilgan miqdorni xar bir oksidning mol dagi miqdoriga bo‘lib chiqamiz. 2-jadval
Massaning molekulyar formulasi quyidagi tartibga keltiriladi.
Massaning kislotalik koeffitsientini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: Tekshirayotgan massamizning kislotalik koeffitsientini ushbu formula asosida topamiz: Demak, tekshirayotgan bu keramik massaning kislotalik koeffitsienti yumshoq chinnining kislotalik koeffitsientidan pastroq. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling