Rangtasvir ishlash uchun materiallar
Tubalar va bankalarda kukun kuchi va sifati ar xil darajada bо‘lgan keng kо‘lamdagi moybо‘yoq turlari mavjud. Moybо‘yoqning eng sifatlisi bu professional rassomlar uchun chiqarilgan bо‘yoqlar sanaladi. Bu bо‘yoqlar talabalar uchun chiqariladigan bо‘yoqlarga nisbatan mustahkam va yorqin kukunlardan tayyorlanadi, shuning uchun ulardagi yopuvchanlik xususiyatlari va yaltirashi kuchli, shu bilan birgalikda uzoq muddat о‘z ranglarini о‘zgartirmaydigan xususiyatga ega. Rassomlar uchun bо‘yoq xarid qilar ekansiz, ulardan keraklisini tanlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |